Samarqandda II Xalqaro bolalar onkologiyasi kongressi ötkazilmoqda

Samarqand şahrida «Bolalar farovonligiga investitsiya: Kelajak avlodlar barqaror va adolatli taraqqiyoti sari yöl» jahon sammiti doirasida ötkazilayotgan II Xalqaro bolalar onkologiyasi kongressi ötkazilmoqda. Unda iştirok etiş uçun Samarqandga 100 dan ortiq mamlakatlardan mutaxassislar va xalqaro taşkilotlar vakillari taşrif buyurdi. Bu haqda Soğliqni saqlaş vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
100 dan ortiq mamlakatlar vakillari qatnaşmoqda

Kongressda bolalar onkologiyasi tizimini rivojlantiriş, zamonaviy davolaş usullaridan foydalaniş imkoniyatlarini kengaytiriş hamda bemor bolalarning soğaygandan keyin tölaqonli hayot keçirişi uçun şaroit yaratiş masalalari muhokama qilinmoqda.
Tadbirda Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti, AQŞning Sent-Jud Global xalqaro dasturi, Dana-Farber saraton instituti, Vena tibbiyot universiteti va boşqa xalqaro taşkilotlar vakillari iştirok etmoqda.
Dori bilan qamrov 88 foizga yetgan

Tadbirda qayd etilişiça, Özbekistonda 2025 – 2030-yillarda bolalar saratoniga qarşi kuraşiş böyiça Milliy strategiya qabul qilingan. Şuningdek, 2026 – 2035-yillarga möljallangan Milliy reja ishlab çiqilib, tasdiqlangan.
Onkologik kasalliklarga çalingan bolalarni zarur dori vositalari bilan qamrab oliş darajasi 88 foizga yetgan. Davlat hisobidan bepul beriladigan ösmaga qarşi preparatlar röyxati esa ikki barobardan ziyod kengaytirilgan.
«Maqsadimiz — har bir bola zamonaviy tibbiy xizmatdan foydalanişi»

Soğliqni saqlaş vaziri Eldor Adilov mamlakatda bolalar saratonini erta aniqlaş va bemorlarni dori vositalari bilan ta’minlaş tizimi rivojlantirilayotganini ta’kidladi.
«Prezidentimiz boşçiligida bolalar saratoni böyiça erta diagnostika imkoniyatlari kengayib, bemorlarni zarur dori vositalari bilan ta’minlaş tizimi takomillaştirilmoqda», – dedi vazir.
Adilov xalqaro hamkorlikning ahamiyatiga ham töxtaldi. Uning aytişiça, kongress tajriba almaşiş, qöşma ilmiy tadqiqotlar va amaliy hamkorlikning yangi yönalişlarini belgilashga xizmat qiladi.
«Maqsadimiz — har bir bola, qaysi mamlakatda tuğilgani va ijtimoiy mavqeyidan qat’i nazar, zamonaviy tibbiy xizmatdan birdek foydalanişini ta’minlaşdir», – dedi Eldor Adilov.
Avvalroq «Kursiv» Samarqandda bolalar farovonligi bo‘yicha Jahon sammiti o‘tkazilayotgani haqida yozgan edi.