ChatGPT yordamida soxta ayiq suratini yaratgan ayol jarimaga tortildi

eʼlon qilindi
Hazil tariqasida tanişiga yuborgan
Foto: SI

Rossiyaning Amur viloyatida yaşovçi ayol ChatGPT yordamida köçada yurgan ayiqning soxta suratini yaratib, hazil tariqasida tanişiga yubordi. Biroq tasvir messenjerlarda tarqalib, mahalliy aholi orasida vahima uyğotdi. Politsiyaga ayiq köringani haqida xabarlar kelib tuşdi, hayvonni qidiriş uçun mutaxassislar jalb qilindi. Natijada ayol 15 ming rubl jarimaga tortildi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Hazil qanday qilib katta muammoga aylandi

Voqea 2026-yil sentabrida Amur viloyatidagi Magdagaçi posyolkasida sodir bölgan. Ayol ChatGPT yordamida mahalliy köçalardan birida katta qönğir ayiq yurgandek körinadigan tasvir yaratib, uni tanişiga yuborgan.

Dastlab hazil tariqasida yaratilgan surat tez orada messenjerlar orqali tarqalgan. Mahalliy aholi köçada ayiq paydo bölganidan xavotirlanib, huquq-tartibot idoralariga qönğiroq qila boşlagan. Vaziyat tuman rahbarigaça yetib borgan va hayvonni qidiriş uçun ovçilik mutaxassislari jalb qilingan.

Keyinçalik ayolning özi politsiyaga qönğiroq qilib, suratni sun’iy intellekt yordamida yaratganini tan olgan.

Sud ayolga qança jarima belgiladi

Amur viloyati sudlari matbuot xizmatining ma’lum qilişiça, sud ayolni yolğon ijtimoiy ahamiyatga ega axborotni işonçli ma’lumot sifatida tarqatişda aybdor deb topgan.

Unga 15 ming rubl miqdorida jarima belgilangan. Reuters ma’lumotiga köra, Rossiyada uşbu huquqbuzarlik uçun fuqarolarga qöllanadigan odatiy eng kam jarima 30 ming rublni taşkil etadi. Biroq ayolning aybini tan olgani va puşaymon bölgani hisobga olinib, jarima miqdori kamaytirilgan.

Bu kabi holat birinçi marta kuzatilmayapti

Reuters xabariga köra, 2026-yil sentabrida Zabaykalye hududida ham sun’iy intellekt yordamida yaratilgan ayiq suratini tarqatgan boşqa bir ayolga 30 ming rubl jarima solingan.

Rossiyada bu kabi yolğon xabarlar haqiqiy xavotir fonida tarqalmoqda. Reuters keltirgan ma’lumotlarga köra, 2026-yil bahoridan buyon mamlakatda ayiq hujumlari oqibatida kamida 26 kişi halok bölgan. Mutaxassislar ayiq populyatsiyasining köpayişi, şuningdek, rezavor mevalar va kedr yonğoqlari hosilining kamligi odamlar bilan yovvoyi hayvonlar örtasidagi töqnaşuvlar xavfini oşirayotganini ta’kidlamoqda.

Uşbu voqea sun’iy intellekt yordamida yaratilgan realistik tasvirlar tekşirilmasdan tarqatilganda, odamlar orasida vahima va asossiz xabarlar tarqalişiga sabab bölişi mumkinligini körsatadi.

Avvalroq OpenAI’ning GPT-6 Astra modeli Napoleon davriga oid 217 yildan beri töliq öqilmagan şifrli maktubni oçişga yordam bergandi.

Shuningdek