Mirziyoyev Qaşqadaryoda 8,5 mln dollarlik meva-sabzavot korxonasida böldi

Prezident Şavkat Mirziyoyev «Qaşqadaryo» erkin iqtisodiy zonasidagi Wosune Food Ingredients Karshi korxonasi faoliyati bilan tanişdi. $8,5 mlnlik korxona viloyatda yetiştirilgan meva-sabzavotlarni çuqur qayta işlab, yuqori qöşilgan qiymatli mahsulotlar tayyorlamoqda.
Korxona AQŞning Wosune International Inc kompaniyasi sarmoyasi hisobidan barpo etilgan. Loyiha qiymati $8,5 mlnni taşkil etadi. Korxonada 150 ta doimiy iş örni yaratilgan.
Meva-sabzavotlar quritilib, ingrediyentga aylantiriladi
Korxonada sabzi, bulğor qalampiri, oşqovoq, olma, kök piyoz, ismaloq va turli kökatlar konveksion uskunalarda quritiladi.
Mazkur texnologiya mahsulotlarning tabiiy ta’mi va ozuqaviy xususiyatlarini saqlaş imkonini beradi. İşlab çiqariş jarayonining 30 foizi robotlaştirilgan.
Tayyor ingrediyentlar tez tayyorlanadigan taomlar, ziravorlar, konservalar va kosmetika mahsulotlari işlab çiqaruvçi kompaniyalarga yetkazib beriladi.
Eksportni $40 mlnga yetkaziş rejalashtirilgan
Korxona mahsulotlari Rossiya, Yevropa va MDH mamlakatlariga eksport qilinmoqda. Kelgusida yillik eksport hajmini $40 mlnga yetkaziş rejalashtirilgan.
Xomaşyo ta’minotini kengaytiriş maqsadida Qaşqadaryodagi dehqon xöjaliklari bilan töğridan töğri kooperatsiya aloqalarini yölga qöyiş közda tutilgan.
Prezident korxonaning işlab çiqariş jarayoni va tayyor mahsulotlari bilan tanişdi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Şahrisabzda $300 mlnlik kurort qurilishi haqida xabar berilgandi. Prezident Şavkat Mirziyoyev Qaşqadaryo viloyatiga taşrifi doirasida umumiy qiymati $6 mlrddan ziyod 161 ta loyihani amalga oşirişga start berdi.