Qamaşidagi Çim mahallasida 200 dan ortiq yangi iş örinlari yaratildi

eʼlon qilindi
Foto: prezident matbuot xizmati

Prezident Şavkat Mirziyoyev Qamaşi tumanidagi Çim mahallasida amalga oşirilgan bunyodkorlik işlari va aholi bandligini ta’minlaş çoralari bilan tanişdi. Mahalla infratuzilmasini yangilaşga 55 mlrd söm yönaltirilgan.

Qamaşi tumanidagi Çim mahallasi «Yangi Özbekiston qiyofasidagi mahalla» sifatida rivojlantirilmoqda. Bu yerda 5,5 mingdan ortiq aholi istiqomat qiladi, ularning qariyb yarmi yoşlardir. Prezident mahalladagi yangi obyektlar, bandlik loyihalari va tadbirkorlik faoliyati bilan tanişdi.

Infratuzilmaga 55 mlrd söm yönaltirildi

Çim mahallasida 240 örinli bolalar boğçasi, 640 örinli maktab, mahalla va yoşlar markazlari hamda istirohat boği barpo etildi. Şuningdek, 4,5 km yöl qurildi, elektr ta’minoti va suğoriş tarmoqlari yangilandi.

Davlat rahbari mahalla markazidagi öyingohda bolalar va ularning onalari bilan suhbatlaşdi, yoşlar kutubxonasida esa yigit-qizlarning maqsad va rejalariga qiziqdi.

Prezident Özbek tili bayramini esladi

Muloqot davomida Şavkat Mirziyoyev Abdulla Oripov, Erkin Vohidov va Halima Xudoyberdiyeva ijodini tilga oldi.

«Bugun tilimizga, millatimizga va özligimizga bölgan ehtirom tobora yuksalmoqda. Odamlar yana kitob öqişga intilyapti. Ota-bobolarimizdan qolgan ma’naviy merosni qayta tiklayapmiz», – dedi Prezident.

U oliy ta’lim imkoniyatlari ham kengayganini qayd etdi. Prezidentning aytişiça, ilgari har 100 nafar yoşdan 9 nafari oliy ta’limda öqigan bölsa, hozir bu körsatkiç 45 nafarga yetgan.

80 dan ortiq işsiz fuqaro band qilindi

Mahallada xotin-qizlar işlayotgan gilamçilik va kaştaçilik korxonasiga 3,5 mlrd söm sarmoya kiritilgan. Banklar kömagida 20 ga yaqin xonadonda umumiy maydoni 36 sotix bölgan issiqxonalar taşkil etildi. Mahsulotlarni saqlaş uçun 200 tonnalik muzlatkiç ham qurildi.

Uşbu loyihalar hisobiga 80 dan ortiq işsiz fuqaroning bandligi ta’minlandi.

Issiqxonalardan qöşimça 14 – 16 mln söm daromad olinmoqda

Çimda kooperatsiya asosida limonçilik ham rivojlantirilmoqda. Aholiga köçat, öğit va agrotexnik xizmatlar yetkazib beriladi, yetiştirilgan hosil esa kafolatlangan narxda sotib olinadi.

Limon köçatlari orasiga kartoşka, brokkoli va kökatlar ekilişi hisobiga daraxtlar hosilga kirguniga qadar har bir issiqxonadan qöşimça 14 – 16 mln söm daromad olinmoqda.

Xizmat körsatiş obyektlari soni 137 taga yetdi

Mahallada 70 ta tadbirkor faoliyatini kengaytirgan, yana 20 ta yangi tadbirkorlik subyekti taşkil etilgan. Avtomagistral böyidagi xizmat körsatiş obyektlari soni 31 tadan 137 taga yetib, 200 dan ortiq yangi iş örinlari yaratilgan.

Şuningdek, Çim va unga qöşni mahallalardagi 1,2 mingta xonadon farmatsevtika va kosmetika sanoatida qöllaniladigan gulxayri ösimligini kooperatsiya asosida yetiştirmoqda.

Avvalroq «Kursiv» Qaşqadaryoda Xitoy texnologiyasi bilan paxta hosildorligi ikki baravar oşirilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek