Fransiyada Mirage 2000-D samolyoti halokatga uçradi

eʼlon qilindi
Voqea joyidan bir kişining jasadi topilgan
Foto: Wikimedia

Fransiyaning Meurthe-et-Moselle departamentida Mirage 2000-D harbiy samolyoti halokatga uçradi. Hodisa oqibatida kamida bir kişi halok bölgan bölişi mumkin: voqea joyidan bir kişining jasadi topilgan, biroq uning şaxsi hali aniqlanmagan. Ikkinçi ekipaj a’zosini qidiriş işlari davom etmoqda. Bu haqda Le Monde naşri xabar berdi.

Samolyot Rogevil yaqinida qulagan

Fransiya Harbiy-havo va kosmik kuçlari ma’lumotiga köra, Nancy-Oçey aviabazasiga tegişli Mirage 2000-D samolyoti 20-oktabr, seşanba kuni soat 22:40 atrofida Rogevil hududida halokatga uçragan. Samolyot topşiriqni bajarib qaytayotgan bölgan.

Qiruvçi samolyot 2/3 Çampagne eskadroni tarkibiga kirgan. Uning ekipaji ikki kişidan – qiruvçi samolyot uçuvçisi va qurol tizimlari böyiça ofitser-navigatordan iborat bölgan.

Hozirda ikkinçi ekipaj a’zosini topiş uçun qidiruv işlari olib borilmoqda. Halokat sabablarini aniqlaş maqsadida xavfsizlik va sud-tergov tekşiruvlari boşlangan.

Qidiruv işlariga qutqaruvçilar jalb qilingan

Qidiruv-qutqaruv işlarida Meurthe-et-Moselle departamenti yonğin va qutqaruv xizmati, harbiy aviatsiya qutqaruvçilari hamda jandarmeriya xodimlari iştirok etmoqda. Hududni havodan tekşiriş uçun vertolyot ham jalb qilingan.

Pont-a-Musson şahri meri Anri Lemuan Facebook’dagi xabarida dron yordamida samolyot parçalari aniqlanganini bildirgan.

Rogevil meri Paskal Doyotte esa Ici Lorraine naşriga ayrim guvohlar keçqurun kuçli portlaş ovozini eşitgani va olov şarini körganini aytgan.

Mirage 2000-D qanday samolyot

Mirage 2000-D – yer ustidagi nişonlarga zarba berişga möljallangan, ikki kişilik ekipaj boşqaradigan Fransiya jangovar samolyoti. U 1993-yilda xizmatga qabul qilingan va Fransiya iştirok etgan bir qator harbiy amaliyotlarda, jumladan, Kosovo, Liviya, Afğoniston, Iroq, Suriya va Saheldagi operatsiyalarda qöllangan.

Uşbu samolyot turi avval ham bir neçta halokatga uçragan. 2019-yil yanvarida Yura departamentida tungi, past balandlikdagi parvoz vaqtida Mirage 2000-D qulab, uçuvçi va navigator halok bölgan. 2021-yil iyulida esa Nansi hududidagi boşqa bir hodisada ekipaj a’zolari samolyotdan katapulta orqali çiqişga muvaffaq bölgan.

Bundan taşqari, 2024-yil 15-avgustda Lotaringiya osmonida ikkita Rafale qiruvçi samolyoti maşğulot vaqtida töqnaşgan. Hodisada ekipaj a’zolaridan ikki kişi halok bölgan. 2025-yil martida esa Fransiyaning Saint-Dizier aviabazasi yaqinida ikkita Alphajet samolyoti töqnaşgan, biroq ekipaj a’zolari katapulta orqali qutulib qolgan.

Mirage 2000-D samolyotlarini 2030-yillargaça xizmatda saqlaş maqsadida ularni modernizatsiya qiliş dasturi amalga oşirilgan. Modernizatsiyadan ötgan 50-samolyot 2026-yil iyunida Fransiya Harbiy-havo va kosmik kuçlariga topşirilgan.

Avvalroq Fransiya hukumati hafta oxiridagi tartibsizliklardan söng Parij, Nitssa va yana bir qator şaharlarda qisman komendantlik soati joriy etgani haqida xabar berilgandi.

Shuningdek