Ziroat Mirziyoyeva JSST mukofoti bilan taqdirlandi

eʼlon qilindi
Mukofot 2019-yilda ta’sis etilgan
Ziroat Mirziyoyeva ijtimoiy tarmoqlarda rasmiy sahifalarini ochdi
Foto: Vikipedia

Özbekiston Birinçi xonimi Ziroat Mirziyoyeva Jahon soğliqni saqlaş taşkilotining «JSST Boş direktorining global soğliqni saqlaşga qöşgan hissasi uçun mukofoti» bilan taqdirlandi. Bu haqda jurnalist Aziza Qurbonova ma’lum qildi.

Mukofot Ziroat Mirziyoyevaga onkologik kasalliklarga çalingan bolalarga tibbiy yordam tizimini rivojlantirişdagi yetakçiligi hamda har bir bolaning soğlom hayot keçiriş huquqini global miqyosda ilgari surgani uçun berildi.

Taqdirlaş marosimi «Bolalar farovonligiga investitsiyalar» xalqaro sammiti hamda Bolalar onkologiyasi va gematologiyasi böyiça II xalqaro kongress doirasida bölib ötdi.
Tedros Gebreyesus Ziroat Mirziyoyevaning faoliyatini e’tirof etdi

JSST Boş direktori Tedros Adhanom Gebreyesus taqdirlaş marosimida Ziroat Mirziyoyevaning bolalar salomatligi yölidagi faoliyatiga yuqori baho berdi.

«Siz butun dunyoda bolalar, ayniqsa, onkologik kasalliklar bilan kuraşayotgan bolalar manfaatlari yölida çinakam kuraşçisiz», – dedi u.

Mukofot 2019-yilda ta’sis etilgan

«WHO Director-General’s Awards for Global Health» mukofoti 2019-yilda JSST Boş direktori tomonidan ta’sis etilgan. Mukofot 194 davlatni birlaştirgan taşkilot rahbarining şaxsiy e’tirofi hisoblanadi va har yili çeklangan sondagi laureatlarga beriladi. Ma’lumotga köra, 2021 – 2026-yillarda jami 18 nafar şaxs uşbu mukofotga sazovor bölgan.

Laureatlar orasida Nobel sovrindorlari ham bor

Mukofotning avvalgi laureatlari orasida Barbados Boş vaziri Miya Mottli, Nobel mukofoti sovrindorlari Katalin Kariko va Dryu Vaysman, şuningdek, YuNEYDS sobiq rahbari Piter Piot bor.

Avvalroq «Kursiv» Mirziyoyev bolalar farovonligi böyiça yangi takliflarni ilgari surgani haqida yozgan edi.

Shuningdek