Qaysi banklardan avtokredit oliş qulay

eʼlon qilindi
19-oktabr holatiga köra
avtokreditlar
Rasm ChatGPT yordamida yaratilgan

19-oktabr holatiga köra, tijorat banklarida amal qilayotgan mikroqarz va avtokreditlarning sönggi 10 iş kuni böyiça foiz stavkalari e’lon qilindi. Bu haqda Markaziy bank xabar berdi.

Mazkur davrda mamlakatdagi tijorat banklari tomonidan taqdim etilayotgan avtokreditlar böyiça örtaça foiz stavkasi 21,2 foizdan 21,4 foizga oşdi. Şundan jismoniy şaxslarga ajratilayotgan kreditlarning (mikroqarz va kredit kartalaridan taşqari) örtaça foiz stavkasi 22,9 foizni, yuridik şaxslar uluşi ham 22,4 foizni körsatmoqda.

Bunda eng past avtokredit stavkasi «Aloqabank» tomonidan taklif qilingan bölib, 18,3 foizni taşkil etdi. Bungaça eng kam foiz «Asaka bank» (18%) tomonidan taklif qilingandi.

Xususan, eng kam foizli avtokreditlar quyidagi banklarda ham kuzatilmoqda:

  • «Aloqabank» – 18,3%;
  • «Asaka bank» – 18,6%;
  • «Ipoteka-bank» – 18,8%;
  • «SQB» – 20,7%;
  • «Milliy bank» – 21,4%.

Eng yuqori avtokredit stavkasi:

  • «Anorbank» – 27%;
  • «Davr bank» – 25,2%;
  • «Garant bank» – 24,7%;
  • «Agrobank» – 24,2%;
  • «Mikrokreditbank» – 23,9%.

Markaziy bank izohiga köra, avtomobil işlab çiqaruvçilar yoki dilerlar bilan hamkorlik asosida beriladigan kreditlarda foiz stavkalari pastroq bölişi mumkin. Şuningdek, avtokreditlar böyiça stavkalar avtomobil turi, yoşi, boşlanğiç badal miqdori va boşqa şartlarga qarab farq qiladi.

Mikroqarzlar

Mikroqarzlar böyiça örtaça foiz stavkasi 28 foizdan 28,3 foizga oşdi. Şundan jismoniy şaxslarga ajratilayotgan kreditlarning (mikroqarz va kredit kartalaridan taşqari) örtaça foiz stavkasi 22,9 foizni, yuridik şaxslar uluşi ham 22,4 foizni körsatmoqda.

Bunda eng yuqori foiz stavkasi quyidagi banklarda qayd etilgan:

  • «TBC bank» – 41,4%;
  • «AVO bank» – 39,9%;
  • «Uzum bank» – 38%;
  • «Ipak Yuli bank» – 36,7%;
  • «Tenge bank» – 35,2%.

Eng past mikroqarz foiz stavkasi «Mikrokreditbank» (21,8%) tomonidan taklif qilinmoqda. Bundan avval eng kam foiz stavkasi 21,6% bölib, uni ham «Mikrokreditbank» taklif etgandi.

Bundan taşqari, eng kam foizli mikroqarzlar quyidagi banklarda ham mavjud:

  • «Mikrokreditbank» – 21,8%;
  • «Infinbank» – 24%;
  • «Trastbank» – 24,4%;
  • «SQB» – 24,4%
  • «Asia Alliance bank» – 24,5%.

Eslatib ötamiz, avvalroq Raqobat qo‘mitasi kreditdagi ortiqcha to‘lovlar bo‘yicha Markaziy bankka taklif yuborgandi. Raqobat qo‘mitasiga kelib tushgan murojaatlarga ko‘ra, ayrim banklarda mijoz oylik kredit to‘lovidan ortiqcha pul to‘lasa, bu mablag‘ asosiy qarzni kamaytirishga yo‘naltirilmay, tranzit hisobvaraqlarda qolmoqda. 

Shuningdek