Qarşi davlat universitetida 1,3 mingdan ortiq yangi yotoqxona örni yaratildi

Qarşi davlat universitetida uçta yangi talabalar turar joyi qurilişi natijasida 1,3 mingdan ortiq qöşimça örin yaratildi va talabalarni yotoqxona bilan ta’minlaş ehtiyoji töliq qoplandi. Prezident Şavkat Mirziyoyev universitetda yaratilgan şaroitlar bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Universitetda xalqaro ta’lim dasturlari yölga qöyilgan
Hozirda Qarşi davlat universitetida 14 mingdan ortiq talaba bakalavriat va magistratura bosqiçlarida tahsil olmoqda. Ta’lim kunduzgi, sirtqi va masofaviy şakllarda olib boriladi. Universitetda 579 nafar professor-öqituvçi faoliyat yuritadi.
Ingliz filologiyasi, matematika, amaliy matematika va fizika yönalişlari xalqaro akkreditatsiyadan ötkazilgan. Rossiya va Belarus oliy ta’lim muassasalari bilan 14 ta qöşma ta’lim dasturi taşkil etilgan.
Universitetda media studiya va ilmiy laboratoriyalar mavjud
Tillar fakultetida ming örinli zamonaviy media studiya hamda xitoy, nemis, fransuz, ingliz va rus tillari markazlari taşkil etilgan. Xalqaro dasturlar doirasida sinxron tarjimonlar ham tayyorlanmoqda.
Yettita laboratoriyani birlaştirgan Xalqaro laboratoriyalar markazida sun’iy intellekt, maşinali öqitiş va robototexnika yönalişlarida ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda.
Talabalar uçun qanday şaroitlar yaratilgan
Universitet hududida 240 örinli bolalar boğçasi, kutubxona, oşxonalar, yoşlar markazi va anjumanlar saroyi faoliyat yuritmoqda. Şuningdek, oliygoh qoşida «Loçin» futbol jamoasi taşkil etilib, uning maşğulotlari uçun zamonaviy maydon qurilgan.
Davlat rahbari universitetning talabalarga xizmat körsatiş markazi faoliyati bilan ham tanişdi. Şundan söng Şavkat Mirziyoyev Qaşqadaryo viloyatiga safarini yakunlab, Toşkentga qaytib keldi.
Avvlroq Qaşqadaryoda «Masdar» kompaniyasi 300 MVt quvvatli quyoş elektr stansiyasi va 75 MVtlik energiya saqlaş tizimini işga tuşirişi haqida xabar berilgandi.