
Apple’ning ilk buklanuvçan smartfoni iPhone Duo 23-oktabr kuni rasman sotuvga çiqadi. Xitoyda qurilmaga talab yuqori bölib, ayrim xaridorlar dökonlar oldida ikki kun avvaldan navbat egallay boşlagan.
iPhone Duo uçun oldindan buyurtmalar 16-oktabr kuni oçilgan edi. Biroq dastlabki zaxiralar tezda tugab, köplab buyurtmalarni yetkazib beriş muddati 2027-yil yanvar oxiriga köçirilgan.
Şu sababli Xitoyning bir qator şaharlarida çakana savdo dökonlari oldida uzun navbatlar paydo böldi.
Xaridorlar dökon oldida tunab qolmoqda
Nankin, Şanxay, Xançjou va boşqa şaharlardagi Costco dökonlari oldida iPhone Duo sotib oliş istagidagi xaridorlar navbatga turmoqda.
Ayrim Apple muxlislari öz örnini savdo boşlanişidan ikki kun oldin egallagan. Ba’zilar avtomobil töxtaş joylarida tunagan, boşqalari esa maşinalarida qolgan.
Manba ma’lumotiga köra, dökonlardan birida yarim kun içida qariyb 40 kişi navbatga yiğilgan.
Navbatdagi joylar ham sotila boşladi
iPhone Duo atrofidagi talab oşgani sabab internetda dökon oldidagi navbat örinlarini sotiş takliflari ham paydo bölgan.
Bu holat qurilmani sotuvning ilk kunidayoq qölga kiritişni istayotgan xaridorlar soni yuqori ekanini körsatmoqda.
Dökonlar qurilmalar yetmasligi mumkinligidan ogohlantirdi
Savdo nuqtalari xodimlari xaridorlarni tun böyi kutib qolmaslikka bir neça bor çaqirgan. Ularning ta’kidlaşiça, çakana savdo uçun ajratilgan iPhone Duo soni çeklangan va navbatda turgan barça xaridorlarga qurilma yetmasligi mumkin.
Şunga qaramay, sotuvning birinçi kunidayoq buklanuvçan iPhone xarid qilişni istayotganlar soni yuqoriligiça qolmoqda.
Bir xaridorga köpi bilan ikkita iPhone Duo
Oldindan buyurtma berişda ham çeklov joriy qilingan: bir xaridorga köpi bilan ikkita qurilma sotib olişga ruxsat berilgan. Bu ham mavjud zaxiralarning tez tugaşiga ta’sir qilgan omillardan biri sifatida körsatilmoqda.
iPhone Duo 23-oktabrdan boşlab rasmiy ravişda sotuvga çiqadi. Talab yuqori bölib qolsa, ayrim bozorlarda yetkazib beriş muddati bir neça oyga çözilişi mumkin.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan iPhone Duo uchun yupqa magnitli powerbank sotuvga chiqqani haqida yozgan edi.