Fabio Kannavaro Özbekistonni tark etadimi — tafsilotlar

23-oktabr 2026 10:11 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Fabio Kannavaro Özbekistonni tark etadimi — tafsilotlar
Foto: Instagram/ Kannavaro

Özbekiston milliy terma jamoasi boş murabbiyi Fabio Kannavaro kelajakda Meksika yoki AQŞda işlaş imkoniyatlarini körib çiqmoqda. Italiyalik mutaxassis Lotin Amerikasida murabbiylar va futbolçilar manfaatlarini himoya qiluvçi agentlik bilan hamkorlik qiliş böyiça kelişuvga erişgan. Bu haqda Meksikaning TUDN telekanali xabar berdi.

Şu bilan birga, Kannavaro hozirça Özbekiston terma jamoasini tark qilgani yöq va milliy jamoa bilan işlaşda davom etmoqda.

Agentlik Liga MX va MLSdan variant izlaydi

TUDN muxbiri Fransisko Arredondo Línea de 4 dasturida ma’lum qilişiça, Kannavaro Lotin Amerikasidagi vakillik kompaniyasi bilan şartnoma imzolagan.

Agentlik unga Meksikaning Liga MX yoki AQŞning MLS çempionatida boş murabbiy sifatida işlaş imkoniyatlarini izlaydi. Buning uçun tegişli klublarda Kannavaroga mos böş iş örni paydo bölişi kerak.

TUDN Kannavaro hozir Özbekiston terma jamoasini boşqarayotganini ham alohida qayd etgan. Telekanal xabarida italiyalik mutaxassis Amerikadagi takliflarni istisno qilmayotgani aytiladi.

Şu sababli agentlik bilan şartnoma Kannavaroning Özbekistondan ketişi haqida yakuniy qaror qabul qilganini anglatmaydi.

Özbekiston bilan işlaşda davom etmoqda

Kannavaro 2025-yil oktabridan buyon Özbekiston milliy terma jamoasini boşqarib kelmoqda. U jamoani 2026-yilgi jahon çempionatiga ham olib borgan.

Hozir Özbekiston futbol assotsiatsiyasining rasmiy saytida ham Kannavaro milliy terma jamoa murabbiylar ştabining boş murabbiyi sifatida körsatilgan.

Eslatib ötamiz, «Kursiv» Fabio Kannavaro Özbekiston terma jamoasining yangi tarkibini e’lon qilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek