
iQOO kompaniyasi 28-oktabr kuni taqdim etiladigan iQOO Neo 12 smartfonining ilk kamera namunalarini e’lon qildi. Qurilma 50 MP Sony sensori, 9000 mA/soat siğimli batareya va 100 Vt quvvatli tezkor quvvatlaş bilan jihozlanadi.
Yangi model, şuningdek, öyinlar uçun yuqori unumdorlikka möljallangan Snapdragon 8 Elite Gen 5 protsessori, alohida Q3 gaming çipi va 185 Gts yangilaniş çastotasiga ega 2K displey oladi.
Asosiy kamera 50 MP Sony sensori bilan jihozlanadi
iQOO e’lon qilgan ma’lumotlarga köra, Neo 12’ning asosiy kamerasi 50 MP Sony IMX921 sensori va optik tasvir barqarorlaştiriş tizimini oladi.
Kompaniyaning ta’kidlaşiça, tasvirni qayta işlaş algoritmlari fotosuratlarda tabiiy ranglarni saqlaşga yordam beradi. Mayda detallarni suratga oliş uçun yuqori aniqlikdagi alohida rejim ham mavjud böladi.
Portret suratlar uçun esa uçta maxsus uslub — Positive, Negative va Clear Blue taklif qilinadi. Ular orasida kamera interfeysining özida tez almaşiş mumkin.

9000 mA/soat batareya oladi
Neo 12’ning asosiy xususiyatlaridan biri 9000 mA/soat siğimli Blue Ocean batareyasi böladi. U bir hujayrali tuzilişga ega bölib, beşinçi avlod kremniy anod texnologiyasidan foydalanadi.
Batareyaning energiya ziçligi 916 Vt·soat/litrni taşkil qiladi. Smartfon 100 Vt quvvatli simli tezkor quvvatlaşni qöllab-quvvatlaydi.
iQOO hisob-kitobiga köra, töliq quvvatlangan batareya 11,6 soatgaça MOBA turidagi öyin öynaş yoki 29,9 soat davomida qisqa videolar tomoşa qiliş imkonini beradi.
Öyin vaqtida batareyani çetlab quvvat oladi
Qurilmada Global Direct Drive Power Supply 2.0 texnologiyasi ham mavjud böladi.
Mazkur tizim öyin, navigatsiya yoki video tomoşa qiliş vaqtida elektr energiyasini avval batareyaga uzatib, undan qurilmaga beriş örniga smartfon komponentlarini töğridan-töğri quvvatlantiriş imkonini beradi.
Bu usul uzoq davom etadigan yuqori yuklama vaqtida qizişni kamaytiriş va akkumulyatorning eskirişini sekinlaştirişga qaratilgan.
2K va 185 Hz displey bilan çiqadi
iQOO Neo 12 2K aniqlikdagi pTSF OLED displey bilan jihozlanadi. Ekranning yangilaniş çastotasi 185 Gts, maksimal töliq ekran yorqinligi esa 2200 nitgaça yetadi.
Sensorli boşqaruvda bir lahzalik namuna oliş çastotasi 5000 Gtsgaça, köp barmoqli boşqaruvda esa 500 Gtsgaça yetişi mumkin.
Kompaniya 50 dan ortiq öyin 185 kadr/soniya rejimida işlaşini, ayrim loyihalarda esa 2K va 185 FPS rejimlari bir vaqtning özida qöllab-quvvatlanişini bildirgan.
Snapdragon 8 Elite Gen 5 va faol sovutiş
Smartfon Qualcomm Snapdragon 8 Elite Gen 5 protsessori bilan işlaydi. Unga iQOO işlab çiqqan Q3 gaming çipi ham yordam beradi.
Neo 12’da Ice Dome faol sovutiş tizimi va içki ventilyator mavjud böladi. Işlab çiqaruvçi Neo seriyasi tarixidagi eng katta VC buğ kamerasi ham qöllanilişini ma’lum qilgan.
Şuningdek, qurilmada metall ramka va 3D ultratovuşli barmoq izi skaneri bölişi tasdiqlangan.
Taqdimot 28-oktabrda
iQOO Neo 12 Xitoyda 28-oktabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 19:00 da rasman taqdim etiladi. Sotuv ham taqdimot yakunlanganidan söng boşlanişi rejalaştirilgan.
Smartfonning narxi hamda Xitoydan taşqaridagi bozorlarga çiqiş muddati hozirça e’lon qilinmagan.
Avvalroq «Kursiv» iQOO Neo12 smartfoni qaçon taqdim etilişi haqida yozgan edi.