Özbekiston Lana Nuseybaning BMT boş kotibligiga nomzodini qölladi

Özbekiston Birlaşgan Millatlar Taşkiloti boş kotibi lavozimiga Birlaşgan Arab Amirliklari davlat vaziri Lana Zaki Nuseyba nomzodini qöllab-quvvatladi. Bu haqda Özbekiston Taşqi işlar vazirligi bayonotida ma’lum qilindi.
Vazirlikka köra, yangi boş kotibning tayinlanişi global muammolar kuçayib borayotgan bir paytda BMTning nufuzi va samaradorligini oşiriş uçun alohida ahamiyatga ega.
Özbekiston BAA qarorini olqişladi
Taşqi işlar vazirligi BAA tomonidan Nuseybaning nomzodi ilgari surilganini olqişlagan.
«Şu munosabat bilan Özbekiston Respublikasi Birlaşgan Arab Amirliklarining BAA davlat vaziri, BMT huzuridagi sobiq doimiy vakil Lana Zaki Nuseyba nomzodini taşkilot boş kotibi lavozimiga ilgari suriş qarorini olqişlaydi», – deyiladi vazirlik bayonotida.
Özbekiston tomonining ta’kidlaşiça, yangi boş kotib yuqori professional tayyorgarlikka, keng diplomatik tajribaga ega bölişi hamda xalqaro tinçlik va xavfsizlikni ta’minlaş, şuningdek, barqaror rivojlaniş maqsadlariga erişiş yö‘lida BMTga a’zo davlatlarning sa’y-harakatlarini birlaştira olişi kerak.
Lana Nuseyba kim
Lana Nuseyba hozir BAA davlat vaziri lavozimida faoliyat yuritadi. U 2013 – 2024-yillarda mamlakatning BMT huzuridagi doimiy vakili bölgan.
Nuseyba faoliyati davomida BMT Boş Assambleyasi vitse-prezidenti, BMT Ayollar taşkiloti ijroiya kengaşi prezidenti lavozimlarida işlagan. BAAning 2022 – 2023-yillarda BMT Xavfsizlik kengaşidagi a’zoligi davrida esa u ikki marta kengaşga raislik qilgan.
Uning diplomatik faoliyati xalqaro tinçlik va xavfsizlik, gumanitar masalalar, barqaror rivojlaniş, iqlim bilan boğliq xavfsizlik xatarlari hamda BMT tizimini isloh qiliş masalalarini qamrab olgan.
BAA nomzodni rasman taqdim etdi
Birlaşgan Arab Amirliklari 21-oktabr kuni Nuseyba nomzodini BMT boş kotibi lavozimiga rasman ilgari surdi.
BAA prezidenti Şayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon nomzodlik haqidagi maktubni BMT Boş Assambleyasi va Xavfsizlik kengaşi prezidentlariga yubordi.
Nomzodlik e’lon qilinganidan söng Nuseyba hukumatdagi lavozimidan vaqtinça ta’tilga çiqib, saylov kampaniyasiga e’tibor qaratişini ma’lum qildi. Uning dasturida tinçlik va xavfsizlik, diplomatiyani kuçaytiriş, BMT faoliyatini samaraliroq qiliş hamda taşkilot içidagi takroriy funksiyalarni kamaytiriş ustuvor yönalişlar sifatida körsatilgan.
Yangi boş kotib qanday tanlanadi
BMT Nizomining 97-moddasiga muvofiq, boş kotib Xavfsizlik kengaşining tavsiyasiga köra Boş Assambleya tomonidan tayinlanadi.
Nomzodlar hozir Xavfsizlik kengaşida norasmiy ovoz beriş jarayonidan ötmoqda. Mazkur ovoz beriş natijalari jamoatçilikka e’lon qilinmaydi.
Amaldagi boş kotib Antoniu Guterrişning ikkinçi muddati 2026-yil 31-dekabrda yakunlanadi. Yangi boş kotib esa 2027-yil 1-yanvardan lavozimga kirişi közda tutilgan.
Avvalroq «Kursiv» BMTning navbatdagi jinoyatçilik kongressi Özbekistonda ötişi haqida yozgan edi.