
Xivaga dunyoning turli mamlakatlaridan yozuvçilar, şoirlar, rassomlar, rejissyorlar va boşqa san’at vakillari keldi. 22–25-oktabr kunlari şaharda ötkazilayotgan «Oydin gurunglar – 2026» xalqaro ijodiy forumi 400 dan ortiq mahalliy va xorijiy ijodkorni birlaştirdi. Markaziy bank ko‘magi bilan o‘tayotgan forum Toşkentda boşlangan forumning Xivadagi dasturidan teatr spektakllari, adabiy suhbatlar, muşoiralar, san’at körgazmalari va mahorat darslari örin olgan.
Nega aynan «Oydin gurunglar»?
Forum nomining öziga xos ma’nosi bor. Taşkilotçilar uning ğoyasini xalqimizning ma’rifatparvarlik an’analari, ziyolilar örtasidagi oçiq muloqot va samimiy suhbatlar bilan boğlaydi.
Ularning talqiniga köra, «oydin» sözi ilmli, ma’rifatli va keng dunyoqaraşli insonlarni ifodalasa, «gurung» ijodkorlarning bir davrada töplanib, özaro fikr almaşişini anglatadi.
Bu ğoya XIX asr oxiri va XX asr boşlaridagi jadidçilik harakati, Mahmudxöja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Munavvarqori, Fitrat va Çölpon kabi ma’rifatparvarlar faoliyati bilan ham boğlanadi. Ular adabiyot, teatr, matbuot va ilm-fan orqali jamiyatni ma’rifatga çorlagan.
Forum taşkilotçilaridan biri, «Turon» va «Art-House Xamsa» teatrlarining badiiy rahbari, rejissyor Sayfiddin Meliyev Kursiv Uzbekistan bilan suhbatda tadbir nomiga izoh berdi.
«Bu yerda yozuvçilar, şoirlar, rassomlar, pianinoçilar, bastakorlar, san’atşunoslar, teatrşunoslar, rejissyorlar va aktyorlar yiğiladi. Ular faqat öz işlarini namoyiş etmaydi, balki zamonaviy teatr, yangi san’at haqida ham suhbatlaşadi. Biz aynan şunday samimiy, dildan böladigan suhbatlarni boşlaganmiz. Şuning uçun forum şunday nomlanadi», — dedi rejissyor.
Meliyevning aytişiça, Xorazmning tanlanişi ham tasodifiy emas. U bu hududning ilm-fan va madaniyat tarixidagi örniga töxtalib, Ma’mun akademiyasi, Al-Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy va özbek fotografiyasi hamda kinematografiyasi k işoflaridan biri Xudoybergan Devonov merosini eslatdi.

Xivada 400 dan ortiq ijodkor jamlandi
Forumning Xivadagi oçiliş marosimida Xorazm viloyati hokimining birinçi örinbosari Anvar Davletov sözga çiqdi.
Uning ma’lum qilişiça, tadbirda Özbekistondagi 12 ta xususiy teatr, şuningdek, Turkiya, Ozarbayjon, Qozoğiston va Qirğizistondan kelgan teatr jamoalari iştirok etmoqda.
Bundan taşqari, adabiyot, tasviriy san’at, opera, fortepiano ijroçiligi va kaştաçilik kabi yönalişlarda faoliyat yuritadigan ijodkorlar bilan birga forum qatnaşçilari soni 400 nafardan oşgan.
«Xiva oçiq osmon ostidagi muzey. U asrlar davomida dunyoga dong taratgan Ma’mun akademiyasining vatani, ilm-fan, şe’riyat va ezgu qadriyatlar çorraһasi bölgan köhna Xorazmning yuragidir», — dedi Davletov.
Viloyat hokimining birinçi örinbosari Xivada turli mamlakatlar ijodkorlarining uçraşişi, yangi ğoyalar ustida fikr almaşişi tarixiy ma’rifiy an’analarning davomi ekanini ta’kidladi.
Uning fikriça, forum ijodkorlar örtasida xalqaro hamkorlikni mustahkamlaş, tajriba almaşiş va yangi ijodiy loyihalarni yuzaga keltirişga xizmat qilişi mumkin.
Ğayrat Majid forumga atab şe’r yozdi
Oçiliş marosimida Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi raisining örinbosari, şoir Ğayrat Majid ham sözga çiqdi. U tadbirni adabiyot va san’at bayrami deb atab, forumğa bağişlangan yangi şe’rini öqib berdi.
«Şamol gullarni tinglar,
Gullar şamolni tinglar.
Biram xuşböy bu suhbat,
Oydin, oydin gurunglar», — deya boşladi şoir.
Majid forumga keliş yölida ustoz ijodkorlar bilan suhbatlaşib, ularning fikrlarini tinglaganini aytdi. Aynan şu muloqotlar unda yangi şe’r yoz işiğa ilhom uyğotgan.
Şoirning ta’kidlaşiça, bunday tadbirlar turli avlod vakillarining bir-biri bilan muloqot qilişi, ustozlar tajribasidan foydalan işi va yangi ijodiy ğoyalarni muhokama etişi uçun imkoniyat yaratadi.
Çölponning «Kleopatra» asari sahnalashtirildi
Forumning Xivadagi oçiliş oqşomi teatr san’ati bilan ham esda qoldi. Tadbirning keçki badiiy dasturi özbek adabiyotining yirik namoyandasi Abdulhamid Çölponning «Kleopatra» mansurasi asosida sahnalaştirilgan drama bilan yakunlandi.

Mazkur lirik-nasriy asarning sahna talqini rejissyor Sayfiddin Meliyev rahbarligida tayyorlangan.
Çölpon ijodiga murojaat qilinişi forumning ma’rifatparvarlik an’analarini davom ettiriş ğoyasi bilan hamohang böldi. Adabiy merosning teatr orqali taqdim etilişi esa tomоşabinlarga asarni sahnada yangiça talqin qilish imkonini berdi.

Usmon Azim, Erkin A’zam va Bahodir Jalolov bilan uçraşuvlar
Forumning tört kunlik dasturi adabiyot, teatr, musiqa va tasviriy san’atning turli yönalişlarini qamrab olgan.
Jumladan, Özbekiston xalq şoiri Usmon Azim, xalq yozuvçisi Erkin A’zam, taniqli şoiralar Zebo Mirzo va Farida Afruz, şuningdek, Ğayrat Majid iştirokida ijodiy suhbatlar, mahorat darslari va muşoiralar ötkazilişi belgilangan.
Dasturga köra, Usmon Azim va Zebo Mirzo bilan uçraşuvlar 23-oktabrga, Erkin A’zam va Ğayrat Majid iştirokidagi suhbatlar 24-oktabrga, Farida Afruz bilan ijodiy muloqot esa 25-oktabrga möljallangan.
Tasviriy san’at yönalişida Özbekiston xalq rassomi Bahodir Jalolovning mahorat darsi, rassom Fayzulla Ahmadaliyev bilan suhbat hamda Madamin Xudoyberganov asarlari körgazmasi dasturdan örin olgan.
Şuningdek, fortepiano ijroçiligi böyiça Feruza Muhamedova va Ravşan Abdunazarovning mahorat darslari, öquvçilar iştirokidagi konsertlar hamda opera xonandalarining çiqişlari rejalashtirilgan.
Forum doirasida Özbekiston, Qozoğiston, Qirğiziston, Ozarbayjon va Turkiya teatr jamoalari öz spektakllarini namoyiş etadi.
Xususan, Qozoğistonning «Silk Stage» teatri «U – Ayol», Qirğiziston teatr jamoasi «Aksatkin bilan Mirza oğil», Ozarbayjonning «Characters» teatri «Umid, sönggi oq turna», Turkiyaning «LayLa» teatri esa «Asra, asragin» dramalari bilan qatnaşmoqda.
Özbekiston teatrlari dasturidan «Jaydari Martin», «Qörqma», «Mono-lock» kabi spektakllar ham örin olgan.
Teatr ixlosmandlari uçun spektakllar namoyişidan taşqari, dramaturgiya, aktyorlik mahorati, rejissura va zamonaviy teatr menejmentiga bağişlangan suhbatlar ham ötkaziladi.
Banklar kömagida 140 ta mahalla kutubxonasi taşkil etildi
«Oydin gurunglar – 2026» forumi doirasida nafaqat ijodiy uçraşuvlar, balki kitobxonlik va moliyaviy savodxonlikni rivojlantirişga qaratilgan taşabbuslarga ham e’tibor qaratilmoqda.
Markaziy bank ma’lumotiga köra, «Mahalla kutubxonasi» loyihasi 2023-yilda Buxoro viloyatining Olot tumanidagi «Muxtor» mahallasida boşlangan. Ilk kutubxona Xalq banki homiyligida taşkil etilgan.
Keyinçalik uşbu tajribağa boşqa tijorat banklari ham qöşilib, loyiha Toşkent şahri va respublikaning turli hududlariga kengaytirilgan.
Hozirda loyiha doirasida faoliyat yuritayotgan mahalla kutubxonalari soni 140 taga yetgan. Ularning har biri örtaça mingdan ortiq kitob fondiga ega. Ayni paytda adabiyotlarni inventarizatsiyadan ötkaziş va raqamlaştiriş işlari bosqiçma-bosqiç amalga oşirilmoqda.
Yana bir taşabbus iqtisodiyot va moliyaviy savodxonlikka oid xorijiy kitoblarni özbek tiliga tarjima qiliş bilan boğliq.
Ilk bor «Bank va ma’rifat» forumida ilgari surilgan 10 ta xorijiy asarni tarjima qiliş taşabbusi asosida «Moliyaviy bilimlar» töplami tayyorlangan.
Unga iqtisodiyotning turli yönalişlarini qamrab oluvçi asarlar, jumladan, Adam Smitning «Xalqlarning boyligi» va Milton Fridmanning «Kapitalizm va erkinlik» kitoblari kiritilgan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Özbekistonda yoş yozuvçi va şoirlarni rağbatlantiriş maqsadida «Ilğor ijodkor» prezident mukofoti ta’sis etilişi haqida xabar bergan edi.