Suv oliş tartibini buzgan kompaniyalarga sanksiya qöllaniladi

Özbekistonda suv oliş tartibini buzgan yuridik şaxslarga moliyaviy sanksiya qöllaş tartibi belgilandi. Yangi qoidalar qişloq xöjaligi, baliqçilik, sanoat, energetika va xöjalik-maişiy ehtiyojlar uçun suv oluvçi taşkilotlarga taalluqli.
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-oktabrdagi 585-son qaroriga köra, belgilangan limitdan ortiq suv oliş qoidabuzarlik hisoblanadi. Şuningdek, suv oliş şartnomasisiz, maxsus ruxsatnomasiz yoki suvni hisobga oliş va boşqariş vositalarisiz suv oliş ham qonunbuzarlik sifatida baholanadi. Özboşimçalik bilan suv oliş holatlari ham moliyaviy sanksiyaga sabab bölişi mumkin.
Birinçi marta ogohlantiriş beriladi
2027-yil 1-yanvardan yil davomida birinçi marta suv oliş tartibini buzgan yuridik şaxslarga ayrim holatlarda «Birinçi xato uçun — ogohlantiriş» qoidasi qöllaniladi.
Bu tartib qoidabuzarlik fuqarolarning hayoti va sağliğiga yoki özgalar mulkiga zarar yetkazmagan holatlarda amal qiladi.
Inspeksiya yuridik şaxsni «suvnazorat.uz» elektron platformasi orqali ogohlantiradi va kamçilikni bartaraf etiş böyiça körsatma beradi. Agar qoidabuzarlik 10 kun içida bartaraf etilmasa, moliyaviy sanksiya qöllaniladi.
Takroriy qoidabuzarlik uçun sanksiya beş baravar oşadi
Moliyaviy sanksiya har ming kub metr suv uçun bazaviy hisoblaş miqdori asosida hisoblanadi. Agar sanksiya qöllanilganidan keyin bir yil içida qoidabuzarlik takrorlansa, jarima miqdori beş baravar oşiriladi.
Yuridik şaxs qaror va sanksiya hisobini olgan kundan boşlab bir oy içida summaning 50 foizini ixtiyoriy tölasa, qolgan qismini tölaşdan ozod etiladi.
Şuningdek, sanksiyani olti oygaça bölib tölaş imkoniyati ham mavjud. Bunda har oyda umumiy summaning kamida oltidan bir qismi tölanişi kerak.
Agar bir oy içida dastlabki tölov amalga oşirilsa, bölib tölaş tartibi avtomatik ravişda qöllaniladi.
Tölov bölmasa, iş sudga çiqariladi
Agar sanksiya bir oy içida ixtiyoriy tölansa, yuridik şaxsga huquqiy ta’sir çorasi qöllanilmagan deb hisoblanadi.
Tölov amalga oşirilmasa, Inspeksiya sudga da’vo arizasi kiritadi. Qaror ustidan şikoyat berilgan taqdirda, şikoyat körib çiqilguniga qadar sanksiyani qöllaş jarayoni töxtatib turiladi.
Sud noqonuniy yoki asossiz deb topgan va avval tölab qöyilgan mablağlar 15 kun içida qaytariladi. Mablag‘ öz vaqtida qaytarilmasa, hər bir keçiktirilgan kun uçun Markaziy bank asosiy stavkasining üç yuzdan bir qismi miqdorida foiz hisoblanadi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Qaşqadaryoda içimlik suvi ta’minotini yaxşilaşga $360 mln jalb qilinişi haqida xabar berilgandi.