Raqobat qömitasi dori savdosidagi majburiy sotuvlarni tekşirmoqda

eʼlon qilindi
Talab yuqori dorilar bilan birga boşqa preparatlarni ham sotib oliş şarti qöyilayotgani haqida şikoyatlar köpaygan
Namanganda qariyb 500 million so‘mlik sifatsiz dorilar savdosi fosh etildi
Foto: Ukandeu

Özbekistonda ayrim importyor va ulgurji distribyutorlar talab yuqori bölgan dorilarni sotishda dorixonalarga boşqa, buyurtma qilinmagan preparatlarni ham majburan qöşib berayotgani yuzasidan şikoyatlar köpaya boshladi. Raqobat qömitasi bunday holatlarni örganmoqda. Agar bunday amaliyot raqobat töğrisidagi qonunçilikni buziş deb topilsa, kompaniyalarga nisbatan moliyaviy sanksiyalar qöllanilişi mumkin.

Dori importining qariyb yarmi 5 kompaniyaga töğri keladi

2026-yilning dastlabki töqqiz oyida Özbekistonga 305 ta kompaniya dori vositalarini import qilgan. Shu bilan birga, jami importning 47,2 foizi atigi beshta importyor hissasiga töğri kelgan.

Raqobat qömitasi sönggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda talab yuqori bö lgan dorilarni xarid qiliş uçun boşqa preparatlarni ham majburiy ravishda sotib oliş şarti qöyilayotgani haqidagi şikoyatlar köpaya boshlaganini bildirdi. Qömita bunday amaliyot kiçik tadbirkorlarning iqtisodiy manfaatlariga zarar yetkazişi, ularning faoliyatini çeklaşi va bozordagi raqobatga salbiy ta’sir qilişi mumkinligini qayd etdi.

Kompaniyalarga 5 foizgaça sanksiya qöllanilişi mumkin

«Raqobat töğrisida»gi Qonunga köra, kompaniyaning şartnoma tuziş uçun kontragenti oldiga boşqa tovarni ham sotib oliş şartini qöyişi ustun muzokara kuçini suiiste’mol qiliş sifatida baholanişi mumkin. Agar örganish davomida talab yuqori bö lgan dorilar bilan birga buyurtma qilinmagan preparatlar yoki boşqa mahsulotlarni majburan sotib oliş şarti qöyilgani aniqlansa, qonunçilikda belgilangan javobgarlik çoralari qöllaniladi.

Raqobat qonunçiligini buzgan kompaniyaga huquqbuzarlik sodir etilgan davrda, biroq oxirgi 3 yildan köp bölmagan muddatda tovarlarni sotişdan olgan tuşumining 5 foizi miqdorida moliyaviy sanksiya qöllanilişi mumkin.

Dorixonalar bozori özgarmoqda

Qömita ma’lumotlariga köra, 2026-yil 1-oktabr holatiga Özbekistonda jami 14 598 ta dorixona faoliyat yuritgan. Shundan 449 tasi ulgurji, 14 149 tasi çakana dorixonalardir. 2023-yilda mamlakatda 8 584 ta asosiy çakana dorixona mavjud bölgan bölsa, 2026-yil oktabriga kelib ularning soni 7 940 tagacha kamaygan.

Ayni paytda filiallar soni 4 639 tadan 6 209 taga yetgan. Raqobat qömitasiga köra, 2023-yilga nisbatan asosiy çakana dorixonalar soni 8 foizga qisqargan, filiallar soni esa 33,8 foizga köpaygan.

Avvalroq «Kursiv» Raqobat qo‘mitasi o‘tkazgan «sirli mijoz» tadbirlarida ayrim dorixonalarda dori vositalari belgilangan narxdan 3 – 6 baravargacha qimmat sotilgani aniqlagani haqida yozgan edi.

Shuningdek