SI sabab Yevropada hukumat saytlari vaqtinça öçirildi

eʼlon qilindi
Muammo keng tarqalgan PHP dasturlaş tiliga taalluqli
Ijtimoiy loyihalar uchun sun’iy intellekt infratuzilmasidan imtiyozli foydalanish tartibi belgilandi
Foto: depositphotos

Sun’iy intellekt yordamida aniqlangan jiddiy xavfsizlik zaifliklari ortidan Yevropaning bir qator davlatlarida hukumat idoralari va boşqa taşkilotlarning internet saytlari vaqtinça öçirildi. Muammo keng tarqalgan PHP dasturlaş tiliga taalluqli bölib, mutaxassislar tizimlarni zudlik bilan yangilaşga çaqirmoqda. Bu haqda Reuters va Associated Press xabar berdi.

Qaysi davlatlarda saytlar öçirildi

2026-yil 21-oktyabr kuni e’lon qilingan xabarlarga köra, zaifliklar oşkor bölganidan keyin bir qator davlat idoralari ehtiyot çoralarini körgan.

Niderlandiyada davlat portallari, ayrim şifoxonalar va boşqa taşkilotlar saytlari vaqtinça öçirildi. Fransiya Içki işlar vazirligi öz saytlarini profilaktik rejimga ötkazdi. Finlandiya davlat IT xizmatlari operatori ham ayrim xizmatlarni vaqtinça töxtatdi. Belgiyada Taşqi işlar vazirligi sayti faoliyatida uziliş kuzatildi.

Bu holatlarning barçasi kiberhujum oqibatida yuz bergani tasdiqlanmagan. Ayrim taşkilotlar tizimlarni himoyalaş va xavfsizlik yangilanişlarini örnatiş uçun saytlarni özlari vaqtinça öçirgan.

Zaiflik nimasi bilan xavfli

PHP — veb-saytlar va internet xizmatlarining server tomonidagi işini ta’minlaydigan dasturlaş tili. U köplab saytlar, jumladan, WordPress kabi platformalarda qöllanadi.

Associated Press ma’lumotiga köra, aniqlangan zaifliklar hujumçilarga ayrim şaroitlarda masofadan turib kod bajariş imkonini berişi mumkin. Bu esa himoyasiz serverlardagi ma’lumotlar va infratuzilmaga xavf tuğdiradi.

Wiz kiberxavfsizlik kompaniyasi zaifliklarni sun’iy intellekt vositalari yordamida aniqlaganini bildirgan. Tadqiqotda AI agentlari va turli zamonaviy modellar işlatilgan. Zaifliklar PHP kodida köp yillar davomida mavjud bölgan.

Mutaxassislar nimani tavsiya qilmoqda

PHP işlab çiquvçilari xavfsizlik tuzatişlarini e’lon qilib, foydalanuvçilarni dasturiy ta’minotni yangilaşga çaqirdi. Kiberxavfsizlik idoralari esa yangilanişlarni darhol örnatiş imkoni bölmagan tizimlarni vaqtinça internetdan uzib qöyişni tavsiya qilgan.

Asosiy xavf şundaki, zaiflik tafsilotlari ommaga ma’lum bölgaç, hujumçilar ulardan foydalaniş usullarini tezroq işlab çiqişi mumkin. Şu sababli himoya çoralarini keçiktirmaslik muhim.

Avvalroq «Kursiv» ChatGPT yordamida soxta ayiq suratini yaratgan ayol jarimaga tortilgani haqida yozgan edi. 

Shuningdek