Yaponiya Marsdan tuproq olib keliş uçun missiya uçirdi

Yaponiya Marsning Fobos yöldoşidan namuna olib, Yerga qaytarişni közlagan MMX kosmik missiyasini uçirdi. Loyiha muvaffaqiyatli yakunlansa, olimlar Mars tizimining kelib çiqişi va Quyoş tizimining dastlabki tarixi haqida yangi ma’lumotlarga ega bölişi mumkin. Bu haqda Reuters xabar berdi.
Kosmik apparat qaçon Yerga qaytadi
Yaponiyaning JAXA kosmik agentligi boşçiligidagi MMX apparati 2026-yil 20-oktyabr kuni mamlakat janubi-ğarbidagi Tanegaşima kosmodromidan H3 raketasi yordamida uçirildi.
Missiya doirasida apparat Marsga 2027-yil avgustida yetib borişi kutilmoqda. U Marsning ikkita tabiiy yöldoşi — Fobos va Deymosni örganadi, Fobos yuzasidan namuna yiğadi va uni Yerga olib qaytadi. Namunalarning 2031-yilda Yerga yetkazilişi rejalaştirilgan. JAXA Fobos yuzasidan kamida 10 gramm material yiğişni maqsad qilgan.
Fobosda robot-rover ham işlaydi
Missiyada Germaniya va Fransiya hamkorligida işlab çiqilgan Idefix nomli kiçik rover ham qatnaşadi. U 2028-yil oxiri yoki 2029-yil boşlarida Fobos yuzasiga tuşişi va taxminan 100 kun davomida tadqiqot olib borişi rejalaştirilgan.
Rover töplagan ma’lumotlar asosiy apparatga namuna yiğiş uçun mos joyni tanlaşda yordam beradi.
Fobosning şakli notekis bölib, uning ölçamlari taxminan 27 × 22 × 18 kilometrni taşkil etadi. Olimlar uning Mars tortiş kuçi ta’sirida tutib qolingan asteroid yoki qadimgi töqnaşuv natijasida hosil bölgan jism ekanini aniqlaşga umid qilmoqda.
Missiya muvaffaqiyatli yakunlansa, bu Marsning tabiiy yöldoşidan namuna olib, Yerga qaytarişga qaratilgan ilk loyiha böladi.
Avvalroq SpaceX kompaniyasiga tegişli Falcon 9 raketasining yuqori bosqiçi Oy yuzasiga nazoratsiz qulab tuşgani haqida xabar berilgandi.