Dollar kursi oşadimi: ekspert izoh berdi

eʼlon qilindi
Inflyatsiya sömga bosim ötkazişi mumkin
Dollar kursi oşadimi: ekspert izoh berdi
Foto: depositphotos

Dollar kursi kelgusida Özbekistondagi inflyatsiya, taşqi savdo balansi, Markaziy bank stavkasi, oltin narxi va xorijdan pul ötkazmalari kabi omillarga boğliq böladi. Bu haqda Toşkent Kimyo xalqaro universitetining «Bank işi va buxgalteriya hisobi» kafedrasi mudiri, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent Fozil Dodiyev Kursiv Uzbekistan’ga ma’lum qildi.

Uning fikriça, valyuta kursining şakllanişida içki va taşqi omillarni alohida hisobga oliş kerak.

Inflyatsiya sömga bosim ötkazişi mumkin

Dodiyev içki omillar qatoriga yalpi içki mahsulotning ösişi, inflyatsiya darajasi, taşqi savdo defitsiti hamda Markaziy bankning asosiy stavkasini kiritdi.

Imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish tartibi belgilandi
Foto: golib.tolibov.gmail.com/Depositphotos

Ekspertning tuşuntirişiça, Özbekistonda inflyatsiya AQŞdagidan yuqori bölsa, vaqt ötişi bilan sömning xarid qobiliyati pasayadi. Bu esa milliy valyutaning dollarga nisbatan qadrsizlanişiga bosim yaratişi mumkin.

Import hajmining eksportdan sezilarli darajada yuqori bölişi ham içki bozorda xorijiy valyutaga talabni oşiradi.

«Import hajmi eksportdan sezilarli darajada yuqori bölişi içki bozorda dollarga doimiy talabni yuzaga keltiradi. Natijada bu dollar kursining oşişi va sömning qadrsizlanişiga olib kelişi mumkin», – dedi Dodiyev.

Yuqori foiz stavkasi sömdagi aktivlarni jozibador qiladi

Ekspert Markaziy bankning nisbatan yuqori foiz stavkasi milliy valyutani qöllab-quvvatlovçi omillardan biri ekanini ham ta’kidladi.

Uning sözlariga köra, yuqori stavka inflyatsiyani pasaytirişga xizmat qiladi, şu bilan birga, banklardagi söm depozitlari böyiça daromadlilikni oşiradi. Natijada milliy valyutadagi aktivlar aholiga va investorlarga jozibadorroq bölişi mumkin.

Bu esa Dodiyev fikriça, sömning qadrsizlaniş sur’atini sekinlaştirişga yordam beradi.

Oltin narxi oşişi sömni qöllab-quvvatlaydi

O‘zbekistonda 5 grammli oltin quyma narxi 7,8 mln so‘mga tushdi
Foto: depositphotos

Taşqi omillar orasida ekspert jahon bozoridagi oltin narxini eng muhim körsatkiçlardan biri sifatida qayd etdi.

Özbekiston eksportida oltin katta uluşga ega bölgani sababli, jahon bozorida uning narxi oşişi mamlakatga xorijiy valyuta tuşumlarini köpaytiradi.

«Oltin narxining oşişi mamlakatga dollar oqimini köpaytiradi va söm kursining barqarorlaşişiga xizmat qiladi», – dedi ekspert.

Pul ötkazmalari dollar taklifini oşiradi

Dodiyev xorijda mehnat qilayotgan özbekistonliklarning pul ötkazmalari ham valyuta bozoriga sezilarli ta’sir körsatişini aytdi.

Uning fikriça, pul ötkazmalari hajmi oşişi içki bozorda xorijiy valyuta taklifini köpaytiradi. Bu esa söm kursining barqarorligiga ijobiy ta’sir körsatişi mumkin.

Aksinça, pul ötkazmalari kamayişi yoki ularning dollar hisobidagi qiymati pasayişi valyuta bozoridagi taklifga salbiy ta’sir qilişi ehtimoli bor.

Rubl va yuandagi özgarişlar ham muhim

Ekspert Özbekistonning asosiy savdo hamkorlari – Rossiya va Xitoy valyutalaridagi özgarişlarga ham e’tibor qaratdi.

Uning sözlariga köra, rubl yoki yuanning dollarga nisbatan qadrsizlanişi özbek sömiga bilvosita bosim ötkazişi mumkin.

Bunday holatda Özbekiston mahsulotlarining uşbu bozorlardagi raqobatbardoşligi pasayişi, import esa nisbatan arzonlaşişi mumkin. Rossiya rubli qadrsizlanganda esa u yerdan keladigan pul ötkazmalarining dollar hisobidagi qiymati ham kamayişi ehtimoli bor.

AQŞ stavkalari ham global dollar kursiga ta’sir qiladi

Dodiyev AQŞ Federal rezerv tizimining foiz stavkalari ham söm kursiga bilvosita ta’sir körsatişini qayd etdi.

AQŞda foiz stavkalari yuqori bölsa, global bozorda dollarga talab kuçayişi mumkin. Bu esa rivojlanayotgan davlatlar valyutalariga, jumladan, özbek sömiga ham bosim ötkazadi.

Şu sabab ekspert fikriça, sömning kelajakdagi dinamikasi faqat içki iqtisodiy körsatkiçlarga emas, balki oltin bozori, pul ötkazmalari, asosiy savdo hamkorlari valyutalari va AQŞ pul-kredit siyosatiga ham boğliq böladi.

Eslatib ötamiz, «Kursiv» dollar kursi oktabr oyida qanday özgargani haqida yozgan edi.

Shuningdek