O‘zbekistonda banklar qancha qimmatli metalllarni aholiga sotgan

eʼlon qilindi
Toshkent shahrida tashkil etilgan sotuv shoxobchalari oldinda

Qimmatbaho metalllardan tayyorlangan esdalik tangalari va o‘lchovli quymalarning sotuvi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki ma’lumot berdi.

Foto: Markaziy bank

Ma’lumki, Markaziy bank 2018-yildan boshlab oltin va kumushdan tayyorlangan esdalik tangalarining sotuvini yo‘lga qo‘ygan edi.

2021–2023 yillarda MB tomonidan 5 xil mavzuga bag‘ishlangan jami 3550 tirajda  oltin va 3900 tirajda kumush esdalik tangalari sotuvga chiqarildi.  

Xabarga ko‘ra, kichik o‘lchamdagi esdalik tangalar talabgor.

Aytish kerakki, 2018-yil 7-iyundagi prezident qaroriga asosan MB tomonidan 5, 10, 20 va 50 gramm og‘irlikdagi o‘lchovli oltin quymalari cheksiz miqdorda sotuvga chiqarilgan.

Bugungi kunda  o‘lchovli quymalarni 151 ta sotuv shoxobchasi orqali sotib olish, shuningdek, qaytarib sotish mumkin. 

Shu kunga qadar sotuv shoxobchalari orqali 13130 donao‘lchovli oltin quymalari sotilgan. Oltin quymalarni sotish bo‘yicha Toshkent shahrida tashkil etilgan sotuv shoxobchalari yetakchi (75 foiz).

Shuningdek