Telegramdagi qidiruv algoritmi endi boshqacha
Telegram messenjeri spamerlardan xalos bo‘lish uchun kanallar va guruhlarni qidirish algoritmini o‘zgartirdi. Bu haqda Telegram yaratuvchisi Pavel Durov gapirdi.
Ilgari Telegram’dagi kanallar va guruhlar obunachilar soniga qarab ko‘rsatilardi: qancha ko‘p bo‘lsa, qidiruv natijalaridagi o‘rin shunchalik yuqori bo‘lar edi. Biroq, spamerlar algoritmni suiiste’mol qila boshladilar.
«Shuning uchun biz endi reytingda faqat haqiqiy kanal obunachilarni hisobga olamiz», dedi Durov. Unga ko‘ra, qidiruv algoritmi izlayotgan foydalanuvchining mamlakatida faoliyat yurituvchi kanal va guruhlarga ustunlik beradi.
Nazorat guruhi odatda tizim yangilanishiga ijobiy munosabatda bo’ldi, dedi Durov.
«Kursiv» nashrining yozishicha, avgust oyida Telegram Storiesni hamma uchun ochiq qilgan.