O‘zbekistonda Citibank ofisi ochiladi
Eng yirik xalqaro Citibank O‘zbekistonda o‘z vakolatxonasini ochishni rejalashtirmoqda. Bu haqda mamlakatimiz prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Citigroup moliyaviy korporatsiyasi raisi Jon Dugan o‘rtasidagi uchrashuvda ma’lum qilindi.
Davlat rahbari matbuot xizmati xabar qilganidek, voqea bir kun avval Amerikaning Nyu-York shahrida bo‘lib o‘tdi.
Mirziyoyev bank ofisini ochish tashabbusini qoʻllab-quvvatladi va Citigroup bilan Oʻzbekiston obligatsiyalarini xalqaro fond bozorlariga joylashtirish boʻyicha hamkorlik samarali ekanini qayd etdi.
Dugan va Mirziyoyev bank, moliya, sarmoya va fond sohalarida hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi. Tegishli «yo‘l xaritasi» qabul qilinadi.
«Kursiv» yozganidek, soʻnggi ikki kun davomida Mirziyoyev Amerika Qoʻshma Shtatlarida rasmiy tashrif bilan boʻldi. Prezident Nyu-Yorkda BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasi muhokamalarida ishtirok etdi va qator uchrashuvlar o‘tkazdi.