Dam olish kunlarini Toshkent aholisi yomg‘ir bilan kutib oladi
eʼlon qilindi
O‘zgidromet prognoziga ko‘ra
30-sentyabr, shanba kuni O‘zbekistonning Toshkent viloyatida biroz yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda, deb xabar berdi «O‘zgidromet».
Poytaxt, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo harorati kunduzi 21-26°, kechasi 12-17° iliq bo‘ladi.
Kelgusi oy boshida, 1-2 oktyabrda havo harorati kechasi 10-15° gacha pasayadi, kunduzi 23-28° iliq bo‘ladi.
Avvalroq, «Kursiv» O‘zbekistonda oktyabr oyidagi ob-havo haqida yozgan edi.