O‘zbekistonlik velosportchi 2023-yilgi Osiyo o‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritdi

eʼlon qilindi
Shaxsiy poygada

O‘zbekistonlik sportchi Olga Zabelinskaya Xitoyda bo‘lib o‘tayotgan Osiyo o‘yinlarida velosport bo‘yicha yakkalik bahslarida birinchi o‘rinni egalladi, deb xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi.

Foto: Milliy olimpiya qoʻmitasi

Zabelinskaya 18,3 km masofani 24:36,99 daqiqa natija bilan yakunladi.

2023-yilgi Osiyo oʻyinlari Xitoyning Xanchjou shahrida va Oʻrta Qirollikning yana beshta shahrida 23-sentyabrdan 8-oktyabrgacha boʻlib oʻtadi.

«Kursiv» O‘zbekiston 2023-yilgi Osiyo o‘yinlarida dzyudo bo‘yicha ilk oltin medalni qo‘lga kiritganini yozgan.

Shuningdek