Shavkat Mirziyoyev Moskvaga tashrif bilan bordi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kecha tunda rasmiy tashrif bilan Moskvaga keldi. «Vnukovo» aeroportida uni Rossiya Federatsiyasi bosh vaziri o‘rinbosari, sanoat va savdo vaziri Denis Manturov kutib oldi, deya xabar bermoqda davlat rahbari matbuot xizmati.
Mirziyoyevni tantanali kutib olish marosimi doirasida aeroportda faxriy qorovul safi tuzildi. O‘zbekiston va Rossiya bayroqlari ham ko‘tarildi.
Juma kuni ikki davlat prezidentlari siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport va madaniy sohalardagi hamkorlikni muhokama qilishlari kutilmoqda. Bundan tashqari, Oʻzbekiston rahbarining Rossiya Federatsiyasi hukumati rahbari Mixail Mishustin bilan uchrashuvi rejalashtirilgan.
«Kursiv» bir kun avval O‘zbekiston prezidenti Rossiya Tataristoniga tashrif buyurib, u yerda mintaqaning sanoat salohiyati ko‘rgazmasini ko‘zdan kechirgani haqida yozgan.