Dollarda omonat qoʻyishda qaysi bank qanday takliflar beradi
Banklarning bir qanchasida dollarda omonat turini ochish mumkin. Bugungi kunda maksimal foiz stavkasi 8% bo’lsa, eng kam foiz stavkasi 2% ni tashkil qilmoqda.
Depozitlarni oflayn hamda onlayn tarzda ochish mumkin. Omonat ochishda talab etiladigan minimal summa miqdori uning turiga qarab farqlanadi.
Foiz stavkalari ro‘yxati Garant bank 8% bilan eng yuqori stavka taklif qilmoqda. Omonatning eng kam miqdori 500$ muddati 13 oy.
Ziraat bankda 6,5% ,omonatning eng kam miqdori 500$ bo’lib muddati 13 oy.
Asakabankda 7,5% bo’lib, 1 oydan 24 oygacha qo’yish mumkin.
Mikrokredit bankda 7% dan bo’lib, 100$ miqdordan boshlab 24 oygacha qo’yish mumkin.
Kapitalbankda esa 7% dan 500$ miqdordan boshlab, 25 oygacha qo’yish mumkin.
Universalbankda esa 6,5% dan 500$ miqdordan boshlab, 15 oyga qo’yish mumkin.
Aloqabankda esa 100 $ dan boshlab, 6,5% ga 24 oyga qo’yish mumkin.
Hamkorbankda 5,5% bo’lib, 18 oyga minimal 500$ qo’yish mumkin.
Infinbankda 18 oyga eng kam 500$ miqdorda 6% ga qo’yish mumkin.
Biznesni rivojlantirish banki 2-5% dan 1-36 oygacha istalgan summada qo’yish mumkin.
Xalq banki eng kam miqdorda ya’ni 10$ dan boshlab 18 oyga 4,5% dan joylash mumkin.
Asia Alliance Bank 5% dan 100$ dan boshlab 18 oyga qo’yish mumkin.
NBU 5% dan 27 oyga 50$ dan boshlab qo’yish mumkin.
Madad Invest Bank da esa 5% dan 12 oyga 100$ dan boshlab qo’yish mumkin.
Sanoat qurilish bankda 4% dan 6 oyga qo’yish mumkin.
Ipak yo’li bankda 3% dan 12 oyga qo’yish mumkin.
Poytaxt bankda 100$ dan boshlab 3% ga 14 oyga qo’yish mumkin.
Aytib o’tish kerakki, omonatni muddatidan oldin yopish mumkin. Ammo, saqlash muddatiga qarab foizlar kamaytirilishi yoki to‘lanmaydi.
Avvalroq, «Kursiv» omonat xizmatlaridan foydalanayotganda nimalarga e’tibor berish kerakligi haqida yozgan.