Farg‘onada tadbirkor qariyb 6 million dollarlik gazni o‘g‘irladi

eʼlon qilindi
Kompaniya ohaktosh ishlab chiqargan

Farg‘ona viloyatida ohaktosh ishlab chiqaruvchi korxonadan qariyb 6 million dollarlik tabiiy gaz o‘g‘irlandi.Bu haqda «O‘zbekiston 24» telekanali xabarida ma’lum qilindi.

«O‘zbekiston 24» xabaridan skrinshot

Uchko‘prik tumanida korxonaga magistral quduqdan noqonuniy ravishda gaz ulanganligi aniqlandi.

O‘g‘irlikdan ko‘rilgan zarar 73 milliard so‘mni tashkil etgan bo‘lib, bugungi kunda bu ko‘rsatkich qariyb 6 million dollarni tashkil etmoqda.

Shunga o‘xshash yana bir qoidabuzarlik O‘zbekiston tumanida ham aniqlandi. Kompaniya ohaktosh ishlab chiqarishga ham ixtisoslashgan. Ushbu korxonaga yetkazilgan zarar 204 million (16,7 ming dollar)ga baholangan.

Qoidabuzarlar jinoiy javobgarlikka tortiladi.

Avvalroq, «Kursiv» O‘zbekiston Rossiyaning «Gazprom» kompaniyasi bilan o‘rta va uzoq muddatli gaz yetkazib berish bo‘yicha muzokaralarni boshlagani haqida yozgan edi.

Shuningdek