Isroilning «Check Point» kompaniyasi O‘zbekiston Markaziy bankiga kiberxavfsizlikda yordam beradi

eʼlon qilindi
Bosh muharrir o‘rinbosari
Tashkilotning bosh qarorgohi Tel-Avivda joylashgan

Oʻzbekiston Markaziy banki «Check Point Software Technologies Ltd» kompaniyasi bilan kibertahdidlar boʻyicha tajriba almashish maqsadida hamkorlik memorandumini imzoladi, deb xabar qildi regulyator matbuot xizmati. Tashkilotning xalqaro shtab-kvartirasi Tel-Avivda (Isroil) joylashgan.

Foto: videoflow / www.depositphotos.com

Kompaniya veb-saytida qayd etilishicha, «Check Point» mahsulotlari korxonalar va davlat tashkilotlarini beshinchi avlod kiberhujumlaridan himoya qiladi. Ular zararli fayllar, to’lov dasturlari va boshqa tahdidlarni to’xtatishi mumkin. Kompaniyaning yechimlari 100 mingdan ortiq tashkilotlarni himoya qiladi.

Bu yilgi Forrester Wave™ da «Check Point» biznes elektron pochta xavfsizligi bo’yicha yetakchi deb topildi.

Check Point aksiyalari NASDAQ da sotiladi. 12 oktyabrda bitta qimmatli qog’ozning narxi taxminan 135 dollarni tashkil etdi.

Ilgari «Kursiv» yangi investorlar o’z aktivlarini firibgarlardan qanday himoya qilishlari haqida yozgan edi. Mutaxassislar bu borada ba’zi maslahatlar berdi.

Shuningdek