Toshkentda Milliy gvardiya xodimi o‘zini otib o‘ldirgan
eʼlon qilindi
U 30 yoshda edi
Toshkentda Milliy gvardiya askari o‘ziga biriktirilgan qurol bilan o‘zini otib o‘ldirgani haqidagi xabar tarqaldi, deb yozadi Daryo.uz.
Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, 17 oktabr kuni Olmazor tuman prokuraturasi binosida xodim o‘ziga biriktirilgan qurol bilan o‘zini otib o‘ldirgan. Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinovning aytishicha, u 30 yoshda edi.
Hodisa yuzasidan Toshkent shahar harbiy prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq, «Kursiv» O‘zbekiston Ma’muriy javobgarlik kodeksiga o‘zgartirishlar kiritganini yozgan edi. Ular Milliy gvardiyaning vakolatlarini kengaytiradi.