Ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi. 18-oktyabr kuni O‘zbekistonda ob-havo qanday bo‘lishi ma’lum bo‘ldi
O‘zbekiston poytaxtida 18-oktabr kuni kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Biroq kechqurun biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin, deb xabar berdi O‘zgidromed. Harorat kechasi 8-10° iliq, kunduzi 20-22° bo‘ladi.
Qoraqalpog‘istonda va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 4-9° iliq, kunduzi 15-20° bo‘ladi.
Buxoro viloyatida ham yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 7-12° iliq, kunduzi 20-25° bo‘ladi. Nayoi viloyatida esa ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. Havo harorati Buxorodagidek bo‘ladi.
Toshkent va Sirdaryo viloyatlarida ham qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat kechasi 5-10° iliq, kunduzi 18-23° bo‘ladi.
Samarqand va Jizzax viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Harorat kechasi 5-10° iliq, kunduzi 18-23° bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryoda ham ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Harorat kechasi 9-14° iliq, kunduzi 21-26° bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farnag viloyatlarida esa yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10° iliq, kunduzi 20-25° bo‘ladi.
Respublikaning tog’li hududlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Harorat kechasi 4-9° iliq, kunduzi 12-17° bo‘ladi.