O‘zbekiston selektsionerlari yeryong‘oqning yangi navini yaratdilar
                    
                                                     eʼlon qilindi
                                            
                                    
                                    
                
                                    
                
                                    
                        Yangi navni yaratish uchun 17 yil kerak bo'ldi
                    
                            Oʻzbekistonda yeryongʻoqning «Lider» yangi navi yaratildi, deb xabar qildi Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi.

Yangi nav Toshkent davlat agrar universiteti professori, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori Mahfurat Amanova tomonidan yaratilgan. Buning uchun unga 17 yil kerak bo’ldi.
Vazirlikning ta’kidlashicha, Lider Amerika, Hindiston va Xitoy navlari bilan raqobatlasha oladi. Uning hosildorligi 6,5 tonnani tashkil etadi.
O‘zbekiston Respublikasida sharbat va tomat pastasi uchun shirin pomidor yetishtirilgani haqida avvalroq xabar berilgan edi.
