O‘zbekiston terma jamoasi ParaOsiyo o‘yinlarida ilk oltin medallarni qo‘lga kiritdi

eʼlon qilindi
Kanoeda eshkak eshish musobaqalarida
Foto: Sinxua

Xitoyning Xanchjou shahrida bo‘lib o‘tayotgan Parao o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi dastlabki ikkita oltin medalni qo‘lga kiritdi, deb xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi.

Musobaqaning ikkinchi kunida erkaklar o‘rtasida parakanoe bo‘yicha Xasan Qo‘ldoshev birinchi o‘rinni egalladi. Xotin-qizlar o‘rtasida esa Shahnoza Mirzaeva oltin medalga sazovor bo‘ldi.

«Kursiv» ikki kun avval Xanchjoudagi Olimpiya stadionida IV Paraosiyo o‘yinlari ochilganini yozdi. Tadbir Osiyoning 44 davlatidan 3,1 ming paralimpiyachini jamladi. Sportchilar 22 sport turi bo‘yicha 564 ta musobaqada ishtirok etishdi.

Shuningdek