Turkiyaning Sunexpress aviakompaniyasi Samarqanddan Egey dengizi sohiliga parvoz qiladi
eʼlon qilindi
Birinchi reys 12 noyabrga belgilangan
Turkiyaning Sunexpress aviakompaniyasi Izmirdan Samarqandga muntazam yoʻlovchi qatnovlarini yoʻlga qoʻymoqda, deb yozadi UzAirports matbuot xizmati.
Birinchi reys 12 noyabrga belgilangan. Parvozlar haftasiga uch marta – dushanba, payshanba va shanba kunlari amalga oshiriladi.
Izmir Turkiyaning uchinchi yirik shahri bo’lib, mamlakatning g’arbiy qismida Egey dengizi sohilida joylashgan.
Avvalroq «Qanot Sharq» aviakompaniyasi O‘zbekiston poytaxti va Madrid o‘rtasida har hafta qatnovni boshlashi xabar qilingandi. Parvozlar kelasi yil – 9 martdan boshlanadi.