O‘zbekistonda pomidor narxi oshmoqda
eʼlon qilindi
Ushbu tendensiya oktyabr oyi davomida davom etadi
O‘zbekistonda pomidor qimmatlashda davom etdi. Hafta davomida pushti pomidor 50 foizga, qizil pomidor 43 foizga qimmatlashdi, deya xabar beradi EastFruit portali.
20—27-oktabr kunlari pushti pomidorning o‘rtacha ulgurji narxi bir kilogrammi uchun 12 ming so‘mdan 18 ming so‘mga, qizil pomidorning bir kilogrammi 7 ming so‘mdan 10 ming so‘mga oshdi.
Oktyabr oyining boshidan beri narxlar oshib bormoqda. Agar narxni o’tgan yil bilan solishtiradigan bo’lsak, pushti pomidor uchun bu 6% ko’proq, qizil pomidor uchun 17% kamroq.
Oktyabr oyining ikkinchi o‘n kunligida «Kursiv» O‘zbekistonda pomidor narxi bir yarim barobarga oshganini yozgan edi.