O‘zbekistonda futbol uchun maxsus kanal tashkil etiladi

eʼlon qilindi
Bosh muharrir o‘rinbosari
Futbolchilar loyihalarni ishlab chiqish uchun imtiyozli kredit olishlari mumkin bo‘ladi
Foto: O‘zbekiston futbol assosiasiyasi

2024-yilning 1-iyuniga qadar O‘zbekistonda futbol o‘yinlari translyatsiya qilinadigan telekanal paydo bo‘ladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev qaror imzoladi, deb xabar qildi Adliya vazirligi.

Hujjatda ushbu sport turini rivojlantirish bo‘yicha boshqa chora-tadbirlar ham sanab o‘tilgan. Masalan, faoliyatini yakunlagan futbolchilar 1,5 milliard so‘mgacha imtiyozli kredit olib, bu borada o‘z loyihalarini ishlab chiqishlari mumkin bo‘ladi. Kelgusi yildan kreditlar berila boshlaydi, ammo kredit olish uchun O’zbekiston futbol assosiasiyasining (O’FU) ijobiy xulosasi bo’lishi kerak.

Respublikamiz viloyatlarida futzal jamoalarini tashkil etish rejalashtirilgan. Respublikamizdagi professional futbol klublari asosiy, yoshlar va ayollar jamoalarini tashkil qiladi. 2024-yilda O‘zbekiston Respublikasida futzal bo‘yicha jahon chempionati o‘tkaziladi.

Avvalroq, «Kursiv» FIFA 2030 yilgi jahon chempionatini birinchi marta dunyoning bir necha davlatlarida bir vaqtda o‘tkazishga qaror qilgani haqida yozgan edi. Uchrashuvlar Janubiy Amerika, Yevropa va Afrikada bo’lib o’tadi.

Shuningdek