Buxoro viloyatida zilzila yuz berdi

eʼlon qilindi
Zilzila kuchi uch ballga yetgan
Foto: vchalup2 / www.depositphotos.com

O‘zbekistonning Buxoro viloyatida dushanbaga o‘tar kechasi 3 ballgacha bo‘lgan zilzila sodir bo‘ldi, deb xabar berdi FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi.

Buxoro viloyatining Peshqun tumani aholisi soat 03:57 da yer silkinishini his qildi. Zilzila magnitudasi 4,7 ball, kuchi ikkidan uch ballgacha baholandi.

«Kursiv» O‘zbekistonda avvalgi zilzila 26-oktabr kuni qayd etilgani haqida yozgan edi. Uning epitsentri Qirg‘izistonda joylashgan, biroq ikki magnitudali yer silkinishlarini O‘zbekistonning Farg‘ona viloyati aholisi ham his qilgan.

Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi oʻtgan hafta davomida Markaziy Osiyoda 13 ta zilzila qayd etgan boʻlsa, bir oy ichida ularning soni 50 taga yetgan.

Shuningdek