O‘zbekistonda bor-yo‘g‘i uchta bankda imtiyozli ta’lim kreditlari mavjud
eʼlon qilindi
Boshqa banklarda resurslar yo'q
Bugungi kunda faqat 3 ta bank tomonidan imtiyozli taʼlim kreditlarini berish davom etmoqda. Bular «Agrobank», «Biznesni rivojlantirish bank” va «Mikrokreditbank».
«Bankir» Telegram-kanaliga ko‘ra, boshqa banklarda resurs bilan bog‘liq muammolar tufayli imtiyozli taʼlim kreditini ajratish vaqtincha to‘xtatilgan.
MB bergan maʼlumotga ko‘ra 2023 yil 1-oktabr holatiga ko‘ra, banklarda taʼlim kreditlarining qoldig’i 3,6 trln so‘mni tashkil qilgan. Bu ko’rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 308% ga oshgan.
Eslatib o’tamiz, taʼlim kreditining asosiy qarzi talabaning rasmiy o‘qish muddati tugagandan so‘ng 7-oydan boshlab 7 yil davomida qaytariladi.
Avvalroq, «Kursiv» ta’lim krediti qaysi tartib asosida berilishi haqida yozgan edi.