Toshkentda xalqaro turizm yarmarkasi bo‘lib o‘tadi
eʼlon qilindi
Unda 20 ga yaqin davlat ishtirok etadi
15-17 noyabr kunlari O‘zbekiston poytaxtida «Ipak yo‘lida turizm» (TITF-2023) 28-xalqaro sayyohlik yarmarkasi bo‘lib o‘tadi.
Ko‘rgazmada Fransiya, Chexiya, Yaponiya, Malayziya, Tailand, Singapur, Rossiya Federatsiyasi, Qozog‘iston Respublikasi, Ozarbayjon, Xitoy kabi yigirmaga yaqin davlat ishtirok etadi.
Shuningdek, xorijiy va mahalliy ekspertlar ishtirokida xalqaro forum va sessiyalar o‘tkazish rejalashtirilgan. Bundan tashqari, xususiy kompaniyalar vakillarining B2B formatidagi uchrashuvlari, sayyohlik xizmatlari va hunarmandchilik ko‘rgazmalari, shuningdek, gastro-bozor tashkil etiladi.
Ko’rgazmaga borish uchun veb-saytda onlayn ro’yxatdan o’tishingiz kerak.