«Tolibon»: Afg‘oniston vakillari IHT sammitiga taklif qilinishi kerak edi

eʼlon qilindi
Mamlakat qo‘shnilari bilan iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishni istaydi
Foto: Reuters.

«Tolibon» harakati 9-noyabr kuni Toshkentda boʻlib oʻtadigan Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (IHT) sammitiga Afgʻoniston vakillarini taklif qilish kerakligini aytgan edi, deb xabar berdi TOLOnews.

«Ushbu uchrashuv siyosiy tamoyillarga emas, iqtisodiy tamoyillarga asoslanishi kerak edi. (…) Afsuski, Islom Amirligiga qatnashishga ruxsat berilmadi», dedi Afg‘oniston matbuot kotibi Zabihulloh Mujohid.

«Tolibon» aytishicha , sammitda o‘z vakillarining ishtirok etishi tadbirni yanada samaraliroq qilar edi.

Mamlakat Iqtisodiyot vaziri o‘rinbosari Abdul Latif Nazariy «Afg‘oniston qo‘shni davlatlar va mintaqa bilan iqtisodiy va savdo aloqalarini rivojlantirishga intilmoqda», deb ta’kidladi.

Tahlilchilar fikricha, Afgʻoniston bunday xalqaro tadbirlarda ishtirok etishi uchun mamlakat xalqaro miqyosda tan olinishi kerak.

Shu bilan birga, sammitda Afgʻoniston bilan bogʻliq masalalarga ham e’tibor qaratildi. Shavkat Mirziyoyev qo‘shni davlatga gumanitar yordamini oshirishga chaqirdi. Uchrashuvda Transafg‘on temir yo‘lini ishga tushirish muhimligi ta’kidlandi.

O‘zbekiston prezidenti Afgʻonistonni mintaqaviy integratsiya jarayonlariga jalb qilish va Kobulga ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal qilishga yordam berishga chaqirdi.

Avvalroq, «Kursiv» «Tolibon» Mirziyoyevning Afg‘onistonda tinchlik va barqarorlik haqidagi bayonotini yaxshi kutib olgani haqida yozgan edi.

Shuningdek