MDH Mirziyoyevning deradikalizatsiya loyihasini ma’qulladi
MDH ekspertlar guruhi 2025-2027 yillarga moʻljallangan Hamdoʻstlik davlatlarining deradikalizatsiya dasturi loyihasini kelishib oldi.
Hujjat Minskdagi yig‘ilishda O‘zbekiston, Ozarbayjon, Belarus, Qozog‘iston, Rossiya va Tojikiston vakillari tomonidan ma’qullandi.
Deradikalizatsiya dasturini yaratish gʻoyasi 2020-yil oxirida Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan bildirilgan edi. Davlat rahbarining ta’kidlashicha, bu tashabbus radikalizmning paydo bo‘lishiga yordam beruvchi sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etishga qaratilgan.
Dasturni yaratishda xalqaro huquq tamoyillari va normalari hamda Hamdoʻstlik davlatlarining qonunchiligi hisobga olindi.
Avvalroq, «Kursiv» AQSh Markaziy Osiyo bilan razvedka almashinuvini kengaytirish niyatida ekanini yozgan edi.