Rossiya benzin eksportiga cheklovlarni bekor qilishni muhokama qilmoqda

eʼlon qilindi
Eksportni taqiqlash joriy yilning sentabr oyidan boshlab amalga kirilgan
Foto: Unsplash

Rossiya hukumati AI-92 va AI-95 benzinlarini eksport qilishga qo‘yilgan taqiqni qisman olib tashlash masalasini ko‘rib chiqmoqda, dedi OAVga Rossiya Energetika vazirligi rahbari Nikolay Shulginov.

Shu yilning sentabr oyidan boshlab Rossiyada xorijga benzin va dizel yetkazib berishga vaqtinchalik cheklov joriy qilingan. Vazirlar Mahkamasining qayd etishicha, ushbu qaror ichki bozorni to‘ldirish va yoqilg‘i narxini pasaytirish imkonini beradi.

Eslatib oʻtamiz, Uznetda Oʻzbekistonda benzin narxi arzonlashgani haqida maʼlumot paydo boʻlgan edi. Telegram’dagi ayrim yangiliklar kanallari yoqilg‘i narxining tushishini 13-noyabrdan boshlab Rossiya Federatsiyasida eksport cheklovlari bekor qilinishi bilan bog‘lashmoqda.

Oʻzbekiston energetika vaziri Joʻrabek Mirzamaxmudovning soʻzlariga koʻra, Rossiya Federatsiyasi tomonidan benzinga joriy qilingan cheklovlar Toshkent va Moskva oʻrtasida hukumatlararo kelishuv tuzilgani bois mamlakatimizga taʼsir koʻrsatmagan.

Avvalroq, «Kursiv» «O‘zbekneftgaz» AI-80 narxi oshishi haqidagi xabarlarni rad etganini yozgan edi.

Shuningdek