Noyabr oyi o‘rtalarida O‘zbekiston fuqarolarini qanday ob-havo kutmoqda
eʼlon qilindi
( yangilandi)
O‘zgidromet prognoziga ko‘ra
15-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasining Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida kechasi +3°…+8°, kunduzi +17°…22° issiq bo‘lishi kutilmoqda, deb xabar berdi O‘zgidromet.
13- va 14-noyabr kunlari kechasi ushbu hududlarda havo harorati +1°…+6° bo‘lishi kutilmoqda.
13-noyabr kuni kunduzi +13°…+18°, 14-noyabrda +15°-+20° issiq bo‘lishi kutilmoqda.
Avvalroq Kursiv O‘zbekistonning tog‘li hududlarida 11-noyabr kuni qor yog‘ishi haqida yozgan edi.