O‘zbekiston rossiyaliklar orasida eng mashhur dam olish maskanlari uchligiga kirdi

eʼlon qilindi
Yangiliklar muharriri
Shuningdek, Rossiya aholisi Turkiya va Tailandni afzal ko‘rishadi
Foto: Roman Fedotov / «Kursiv»

Qish mavsumida O‘zbekiston rossiyalik sayyohlar orasida ikkinchi eng mashhur yo‘nalish bo‘ldi, deya xabar beradi Yandex Travel tadqiqoti.

Bu reytingda faqat Tailand respublikani ortda qoldira oldi. Kuchli uchlikni Turkiya yakunladi.

Shu bilan birga, aviachiptalar bo‘yicha ham O‘zbekiston eng arzon yo‘nalishga aylandi. Ruslar uchun mamlakatimizga yo‘l 31 ming rublga tushadi. (O‘zbekiston Markaziy banki kursi bo‘yicha 4,1 mln. so‘m). Rossiyadan Tailandga chiptalar narxi 77 ming rublni tashkil qiladi. (10,3 mln. so’m), Turkiyaga – 39 ming rubl. so‘m (5,2 mln. so’m).

Ruslar orasida eng mashhur 5 qishki sayyohlik yo‘nalishlari qatoriga Hindiston va Ozarbayjon ham kirdi. Rossiya fuqarolari uchun eng qiziqarli shaharlar Bangkok, Pxuket, Istanbul, Boku va Dehli bo‘ldi.

Avvalroq, O‘zbekistonda rossiyaliklar uchun dam olish 4 foizga arzonlashgani haqida xabar qilingandi.

Shuningdek