O‘zbekistonda sitrus mevalari narxi tushib ketdi

eʼlon qilindi
Apelsin, mandarin va limonning narxi arzonlashdi
Foto: SergPoznanskiy / www.depositphotos.com

O‘zbekistonda so‘nggi haftalarda apelsin, mandarin va limonning ulgurji va chakana narxlari pasaygan, deb xabar berdi EastFruit portali.

Shunday qilib, bir kilogramm apelsinning o‘rtacha ulgurji narxi 10-17-noyabr kunlari 23 ming so‘mdan 16 ming so‘mga tushdi. Bu 2022-yilning shu davriga nisbatan 20 foizga kam.

Bir kilogramm mandarin bir hafta ichida 20 ming so‘mdan 17 ming so‘mga arzonlashdi. Oy davomida ushbu tsitrus mevasining narxi 41 foizga tushdi.

Nihoyat, so‘nggi ikki hafta ichida mahalliy limonlar narxi 1,5 barobarga arzonlashdi. 17-noyabr holatiga ko‘ra, ushbu mevalarning bir kilogrammi 25 ming so‘mdan chakana sotilmoqda.

«Kursiv» O‘zbekistonda mandarin narxining arzonlashgani haqida yozgan.

Shuningdek