Toshkentning Abdulla Qodiriy ko‘chasi juma kuni qisman yopib qo‘yiladi

eʼlon qilindi
Soat 9:00 dan boshlab
Foto: Y-Boychenko / www.depositphotos.com

Toshkentdagi Abdulla Qodiriy ko‘chasining bir qismi ta’mirlanadi. Ish davomida yoʻl qisman toʻsib qoʻyiladi, deb xabar qildi poytaxt hokimligi matbuot xizmati.

Ta’mirlash ishlari avtomobil yo‘lining Labzak ko‘chasidan Sharaf Rashidov shoh ko‘chasigacha bo‘lgan qismida amalga oshiriladi.

Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati

Ko‘chaning to‘liq qismi to‘sib qo‘yilmaydi: ish yo‘lning bir tomonida, keyin esa boshqa tomonida navbatma-navbat amalga oshiriladi. Bu vaqtda avtomobillar harakati marshrutning bo‘sh qismi bo‘ylab tashkil etilgan.

Ta’mirlash ishlari 24-noyabr, juma kuni soat 09:00 da boshlanadi. Ish tugaguniga qadar yoʻl qisman toʻsib qoʻyiladi, hokimlik bu muddatga aniqlik kiritmagan.

«Kursiv» yozishicha, oktabr oyining uchinchi o‘n kunligida Toshkentda Botir Zokirov (Olmazor) ko‘chasi ta’mirlash ishlari tufayli to‘sib qo‘yilgan.

Shuningdek