O‘zbekistonda allergiyaga chalinganlar bepul dori-darmonlar bilan ta’minlanadi
                    
                                                     eʼlon qilindi
                                            
                                    
                                    
                
                                    
                
                                    
                        Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qaror imzoladi
                    
                            
Kelgusi yil boshidan O‘zbekistonda allergiya va immunologik kasalliklarga chalinganlar uchun ingalyatsion dori vositalari bepul tarqatila boshlaydi, deya xabar bermoqda Adliya vazirligi davlat rahbari qaroriga tayanib.
Taʼkidlanishicha, tashabbus «Ijtimoiy himoyaning yagona reestri»ga kiritilgan Oʻzbekiston fuqarolariga tegishli.
Bundan tashqari, 2024-yildan boshlab allergik kasalliklar yuqori bo‘lgan hududlarda yiliga kamida bir marta ommaviy tekshiruvlar o‘tkaziladi.
Avvalroq, «Kursiv» O‘zbekistonda 2024 yildan boshlab dori vositalarini kafolatlangan xarid qilish muddati uch yildan o‘n yilgacha uzaytirilishini yozgan edi.