MDHda inson huquqlari bo‘yicha komissiyani kim boshqaradi

eʼlon qilindi
Bu yangi tuzilmaning birinchi yig‘ilishida ma’lum bo‘ldi
Foto: Kremlin.ru

Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) Inson huquqlari bo‘yicha komissiyasini Rossiya Ombudsmanı Tatyana Moskalkova boshqaradi. Bunday qaror tuzilmaning Minskda bo‘lib o‘tgan birinchi yig‘ilishi ishtirokchilari tomonidan qabul qilindi, deb xabar beradi «TASS».

Davlatlararo assotsiatsiya bosh kotibi Sergey Lebedev Moskalkovani MDH Inson huquqlari bo’yicha komissiyasi rahbari lavozimiga saylash taklifi bilan chiqdi.

Komissiya tarkibiga O‘zbekiston, Tojikiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Armaniston va Belarusdan vakillar kirdi. Tuzilma inson huquqlari masalalari bo‘yicha hisobotlar tayyorlaydi.

Komissiyani tuzish qarori 2022-yilning kuzida qabul qilingan. Avvalroq Rossiya Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudi yurisdiksiyasidan chiqqan edi.

«Kursiv» O’zbekistonda inson huquqlarini himoya qilish masalasi haqida bir necha bor yozgan. Shu tariqa, biz mart oyida mamlakatda oiladagi zo‘ravonlikni jinoiy javobgarlikka tortuvchi qonun loyihasi qabul qilingani haqida xabar bergan edik.

Shuningdek