O‘zbekiston kurashchilari jahon chempionatida birinchi o‘rinni egalladi

eʼlon qilindi
Jamoa hisobida yettita oltin medal bor
Foto: Yoshlar siyosati va sport vazirligi

Turkmanistonda o‘tkazilgan jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi.

O‘zbekistonlik sportchilar hisobida to‘qqizta medal bor, shundan yettitasi oltin.

Turnir mezbonlari keyingi o‘rinda, Qozog‘iston kurashchilari uchinchi o‘rinni egalladi. Turkmaniston terma jamoasi hisobida beshta oltin medal, Qozog‘iston terma jamoasida bitta oltin bor.

Eslatib o‘tamiz, noyabr oyi oxirida Turkmaniston Respublikasi poytaxtida jahon chempionati bo‘lib o‘tgan edi. Unda 53 davlatdan sportchilar ishtirok etdi. Bellashuvlar erkaklar o‘rtasida yetti, ayollar o‘rtasida sakkizta vazn toifasida bo‘lib o‘tdi.

Avvalroq, «Kursiv» Osiyo chempionatida dzyudochilarimiz umumjamoa hisobida eng ko‘p medal qo‘lga kiritishdi, deb yozgan edi.

Shuningdek