O‘zbekistonlik yengil atletikachi Davlatov 2024-yilgi Olimpiadaga boradi

eʼlon qilindi
Sportchi milliy rekordni yangiladi
Foto: O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi

Yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Shohrux Davlatov Ispaniyada «Valensiya marafon Trinidad Alfonso» musobaqasida mamlakatimiz rekordini yangiladi va 2024-yilgi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etish litsenziyasini qo‘lga kiritdi, deb xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi.

Sportchi masofani 2:07:02da yugurdi. Bu vaqt Olimpiya standartidan bir daqiqayu sakkiz soniya kam. Davlatov avvalgi mamlakat rekordini 6 daqiqa 26 soniyaga ortda qoldirdi. Erishgan yutuqlari sportchiga Trinidad Alfonso Valensiya marafonida g’oliblar jadvalida 18-o’rinni egallashini ta’minladi.

Bu O‘zbekiston terma jamoasi uchun 15-litsenziya bo‘ldi.

Avvalroq, «Kursiv» yunon-rum kurashchisi Aram Vardanyan 2024-yilgi Olimpiada o‘yinlarida O‘zbekiston uchun kurash olib borishini yozgan edi.

Olimpiya o‘yinlari 2024-yilda Parijda bo‘lib o‘tadi.

Shuningdek