Dollarning kursi 12 270 so‘m darajasiga qaytdi

eʼlon qilindi
Uning qiymati 28,09 so‘mga pasaydi
Foto: Piqsels

4-dekarb kuni O‘zbekiston valyuta birjasida dollarning o‘rtacha tortilgan qiymati 12 272,00 so‘mni tashkil qildi. Uning kursi 28,09 so‘mga pasaydi.

Bugun respublikaning tijorat banklarida AQSh valyutasini 12 240 – 12 295 so‘mdan sotish va 12 310 – 12 360 so‘mdan xarid qilish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, oxirgi marotaba dollarning kursi 12 270 so‘m darajasiga 21-noyabr kuni tushgan edi. Osha kuni Amerika valyutasining qiymati 12 270,7 tashkil qilgan edi.

Avvalroq, «Kursiv » 1-dekabr kuni dollarning kursi 20,08 so‘mga ko‘tarilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek