2,8 mlrd so‘mdan ziyod zarar keltirgan mayning fermasi faoliyati yakunlandi

eʼlon qilindi
Fuqaro elektr tarmog‘iga ulanib, noqonuniy ravishda foydalanib kelgan
Foto: O‘zenergoinspeksiya

Farg‘ona viloyatida 2,8 mlrd so‘mlikdan ziyod zarar keltirgan mayning fermasi faoliyati to‘xtatilgan. Bu haqda Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi (O‘zenergoinspeksiya) xabar berdi.

O‘zenergoinspeksiya tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda qator reyd tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanining Bog‘ibo‘ston mahallasida faoliyat ko‘rsatuvchi MCHJ o‘zboshimchalik bilan elektr hisoblagichga tashqi taʼsir ko‘rsatgan. Mayning qurilmalarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri elektr tarmog‘iga ulab, noqonuniy ravishda foydalanib kelgani aniqlangan.

Dastlabki qayta hisob-kitoblarga ko‘ra, fuqaro M.A. tomonidan tizimga 2,8 mlrd so‘mlikdan ziyod zarar yetkazilgan.

Avvalroq, «Kursiv» Surxondaryoda noqonuniy mayning-ferma aniqlangani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek